474
ekspertlari bank faoliyatini quyidagi 7 guruh omillar asosida tahlil qilish
va baholash uslubini ishlab chiqdilar:
bankning o‘sishi (rivojlanishi);
bankning kategoriyasi (bank faoliyatining ma’lum guruhga
kirishi);
risk darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiyalar;
bankning ishonchliligi (uning «kapital» mavqeyi);
muammoli kreditlar
summasi va tendensiyalari;
daromad manbalari, boshqa banklarga nisbatan umumiy
foydalilik;
yirik «beqaror» majburiyatlar bo‘yicha bankning darajasi.
Bank mutaxassislari ushbu omillarning barchasini muhim deb
bilgan holda, ulardan oxirgi 5 tasi (4, 7-chilari) ga alohida e’tibor
beradilar va ularning bosh harflari birlashtirilib «CAMEL» - omillar deb
yuritila boshlandi.
Shunday qilib, banklar faoliyatini baholashning «CAMEL»
reyting
tizimiga asos solindi. Ushbu baholash uslubiga ko‘ra omillar
quyidagicha tavsiflanadi ( 63-jadval).
Ushbu besh tarkibiy qism aniqlangach, bankning yakuniy umumiy
reytingini belgilash imkoni tug‘iladi.
«CAMEL» reyting tizimining asosiy jihatlari quyidagilarda
ko‘rinadi:
«CAMEL» tizimi, ko‘proq masofaviy
nazoratga asoslangan
yevropacha usuldan farqli o‘laroq, joyida tekshirishga asoslangan
bo‘lganligi sababli, banklarni tashqi audit qilishda juda ham qo‘l keladi.
Mazkur tizim AQSh tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda
qo‘llaniladigan andozalashtirilgan reyting tizimi bo‘lib, aniq va
mukammal bo‘lganligi sababli, foydalanish uchun qulaydir.
Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining
asosiy komponentlari:
– kapitalning yetarliligi (S);
– aktivlar sifati (A);
– bank menejmenti (M);
– daromadlilik (E);
– likvidlik (L) tahlil etilishi natijasida
bankning moliyaviy
mustahkamligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash
mumkin.