256
«O’zstandart» agentligining ma’lumotiga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida»gi Qonunining 6-
moddasiga muvofiq, me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish
va tarqatilishiga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan,
biogaz va
bioo’git ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan me’yoriy hujjat (texnik
shartlar yoki korxona standarti) ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11 noyabrda 1422-
son bilan davlat ro’yxatiga olingan.
«O’zstandart agentligida standartlashtirish bo’yicha me’yoriy
hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi»ga
muvofiq o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazish maqsadga
muvofiq.
Yuqoridagi sanitariya me’yorlari va standart talablari hali
muqobil energiya manbalari uskunalari, qurilishi va foydalanishiga
bog’liq bo’lgan holatlarga ruxsat berish qoidalarini qo’llash uchun
yetarlicha vaziyatni to’la qamrab olmaydi.
Ammo muqobil energiya manbalari qurilmalarini hayotga tadbiq
qilish uchun, ularni ekologik jihatdan
muhimligini isbotlovchi
me’yoriy huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni avvalo ta’lim
tizimidan boshlab o’rganishni taqqozo etadi.
So’ngi yillarda dunyo ekologiyasining keskin o’zgarishi ta’lim
tizimida ekologik fanlarni yanada chuqurroq o’qitishni talab etmoqda.
BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlari
strategiyasi ham ekologik ta’lim va tarbiya, sog’lom muhit
yaratishning poydevori ekaniga e’tibor qaratilgan. Mazkur
Strategiyani amalga oshirish maqsadida respublikamizda ekologik
ta’limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni
tayyorlash va qayta
tayyorlash Strategiyasi hamda dasturi qabul qilingan. Vazirlar
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish
ta’lim konsepsiyasini 2015-2017 yillarda milliy ta’lim tizimiga
singdirish bo’yicha harakat dasturiga” muvofiq, ta’lim muassasalari
tomonidan professional ta’lim va o’qitishning barcha bo’g’inlarida
o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo’yicha ishlar izchillik
bilan olib borilmoqda.
“O’zbekistonda uzluksiz ekologik va barqaror taraqqiyot ta’lim
tizimining
joriy
etilishi
hamda
uning
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish” dasturi asosida keng ko’lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. YUNESKO tomonidan dunyoning
barcha davlatlarida
257
uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda uning
huquqiy asoslarini yaratish va tashkil etish vazifalari qo’yildi.
Dunyo taraqqiyotida atrof-mihit muhofazasi va ekologik ta’lim,
tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekistonda ekologik
xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ekologik
asoslari yaratilib 300 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul
qilingan. Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Xalq ta’limi
vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining
qo’shma qaroriga asosan “Respublikada ekologik ta’limni
rivojlantirish va ekologik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
istiqbollari” dasturi va konsepsiyasi, shuningdek, “O’zbekiston
Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim
konsepsiyasi to’g’risida”gi qo’shma qarori hayotga samarali tadbiq
qilinmoqda.
Shuningdek, 2013-2017 yillar uchun O’zbekiston
Respublikasida qabul qilingan muqobil energiyadan foydalanish va
atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi sohani barqaror
rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: