Issiq suv bilan ta‟minlovchi quyosh suv isitgichlarini afzalliklari va
kamchiliklari
Issiq suv ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning eng kо‗p
tarqalgan yuli hisoblanadi. Uy turar-joylarni va ijtimoiy-maishiy xizmat
obyektlarini issiq suv bilan ta‘minlash uchun qо‗llaniladigan qurilmalar bir qator
ayniqsa,
an‘anaviy energiya resurslari taqchilligi hukm surayotgan
mamlakatlarda keng tarqalgan.
Issiq suv is‘temoli sutkasiga 40 litr bо‗lganda, О‗rta Osiyo iqlim sharoiti
uchun yigish yuzasi 1 m kv. bо‗lgan kollektor va sigimi 50 litr bо‗lgan bak-
akkumlyator yetarli. Bunday tizim, suvni 10 s dan 50 s gacha isitish uchun
yetarli va yiliga 0,15 t organik yoqilg‗ini iqtisod qilish imkonini beradi.
Ochiq konturli qurilma. Ular montaj va ekspulutatsiya nuqtai nazardan
eng tejamli, hamda yuqori unumli hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan qator
omillar ulardan foydalanishni chegaralaydi.
22
Suv sifati-ochiq konturda chiqindilar hosil bо‗lishi hisobiga, jiddiy
muammolar paydo bо‗lishi mumkin. Bunday muammolar maxsus qо‗shilmalar
yoki elektron qurilmalar yordamida hal qilish mumkin.
Mavsumiy muzlash-ochiq konturda issiqlik tashuvchi sifatida suv
ishlatiladi. Agar yetarli antifriz qushish imkoniyati bо‗lmasa, yilning sovuq
vaqtlari qurilma bо‗shatilishi lozim. Chunki, suv muzlaganda kengayib trubani
yorib yuborishi mumkin. Yuqoridagilarga kura bunday tizimlar yil davomida
issiq bо‗ladigan regionlarda yoki mavsumiy qо‗llanilishi mumkin.
Yopik konturli qurilmalar-Bu qurilmalarning eng kо‗p tarqalgan
kо‗rinishi. Ular ochiq konturli qurilmalarga qaraganda murakkabroq. Chunki,
ularga о‗ziga hos unsurlar (issiqlik almashtirish nasos va boshqa) mavjud.
qurilmalarning unumdorligi xar doim issiqlik almashtirgich unumdorligiga
bog‗liq. Shuning uchun katta qurilmalarda yassi issiqlik almashtirgichlarni
qо‗llash maqsadga muvofiq. Yopik konturli qurilmalarda birlamchi kontur
suyuq antifriz-suv eritmasi bilan tо‗ldirilgan. Kо‗prok konsentiratsiyasi 20-30%
bо‗lgan gilikol hodisasi hisoblangan antifriz ishlatiladi.
Qurilmalarning boshqa turlari ham mavjud bо‗ladi, ular orasida
quyidagilarni kо‗rsatish mumkin:
Kompakt bloklar. Aholini issiq suv bilan ta‘minlash uchun ishlatiladi. U
tizimi (akkumulyator ichiga joylashgan elektrik isitgich)larni uz ichiga oluvchi
yagona blokdan tashqil topgan. Ularni о‗rnatish uchun kerak bо‗lgan uskuna va
jihozlarga nasoslar, elektr energiya manbai, vodoprovod bilan bog‗lovchi
quvurlar va is‘temolchidagi issiq suv krani kiradi. Ularning afzalligi montajning
soddaligi va boshqa qurilmalarga nisbatan past qiymatga ega ekaligidadir. Bu
ularning ommaviy ravishda ishlab chiqarishning asosiy sababidir.
Termosifon
tizimlar.
Ularning
afzalligi
shundaki,
issiq
suv
sirkulyatsiyasidan foydalangan holda, nasoslarsiz ishlashi mumkin. Bu prinsip,
odatda, kompakt, hamda о‗rtacha о‗lchamdagi tizimlarda qо‗llanilishi mumkin.
Quyosh issiqlik energiyasi binolarni isitish uchun muvoffaqiyatli
qо‗llanilmoqaa. quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan suyuqlikning xarorati
23
(500S atrofida) pol ichidan isituvchi yoki «ventilyator-zmeyevik» turli
tizimlarda foydalanish uchun yetarlidir. Oddiy issiq suv radiatorlarni qо‗llash
maqsadga muvofiq emas, chunki kollektordan chiqishdagi ishchi xarorat yetarli
darajada past (80 0S atrofida). quyosh isitgichning asosiy afzalligi shubxasiz
uning past qiymatidir. Shunga qaramasdan agar qо‗shimcha (rezerv) energiya
manbasinini о‗z vaqtda ishga solinmasa, binodagi issiqlik zahirasi yuqolishi
mumkin. Chunki, yilning sovuq vaqtida issiqlikka bо‗lgan talab eng yuqori
bо‗ladi. Boshqa kamchiligi «ventilyator-zmeyevik» tizimining samaradorligini
kamaytiradi. Lekin, shunga qaramasdan, tizimning avtonom ravishda ishlashi va
uning atrof muhitga zarar keltirmasligi tufayli uni ba‘zi bir binolarda ishlatilishi
istiqbolli hisoblanadi.
Odatda, isitish qurilmasi issiq suv ta‘minoti tizimi bilan boshqaruvchi
moslama orqali birlashtiriladi. Boshqaruvchi moslama issiq suvga talab
bо‗lganda qurilmani ishga tushiradi yoki harorat past bо‗lgan paytlarda isitish
tizimini foydalanilgan issiq suv bilan ta‘minlaydi.
Quyosh energiyasining qо‗llanishi kо‗rib chiqilgan hollarida issiqlik
ta‘minoti faol tizimidan foydalaniladi. Bundan tashqarii, passiv tizimlar ham
mavjud. [2]
|