Æ
Xiva xonligining ijtimoiysiyo
siy ahvoli.
Æ
Soliq va majburiyatlar.
Æ
Xalq qo‘zg‘olonlari.
Æ
Hunarmandchilik.
Æ
Savdo-sotiq munosabatlari.
Xiva xonligida 1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qis-
mi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarfxa
-
rajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mav-
jud bo‘lganlarini oshirish yo‘li bilan qoplay boshladi.
Dehqonlar mehnati yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni
rivojlantirishga qaratilgan. Xonlikda g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligi-
ning asosiy tarmog‘i hisoblangan. Shu davrdan boshlab Rossiya bilan
savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv
ham jadal kechdi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida uy hunarmandchiligi hanuz saqla-
nib kelayotgan edi. Unda ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar, gilam-
lar, kigizlar va boshqalar tayyorlanardi.
Har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbayi bo‘lgan uy
hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda ko‘nchi,
etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqalar faoliyat ko‘rsatish gan.
O‘rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo
munosabatlari rivojlanishi ichki savdo-sotiqni ham jonlantirdi. Bozor
munosabatlarining rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining o‘sishiga
MA’LUMOT UCHUN
58
59
Ipak ishlab
chiqarish
Xiva
naqqoshlari
Xiva xonligi vakillari
Nikolay II taxtga chiqishi
marosimida
imkoniyat yaratdi. Buning natijasida shahar-
lar qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanib, yangi
shaharlar vujudga keldi, eskilarining rivojlanish
jarayoni tezlashdi.
Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shahar-
larning ahamiyati ortishiga olib keldi. XX asr
boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch,
Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Gurlan singari shahar-
lar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga
aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi
shaharlar vujudga keldi. Shaharlarda mahalliy
va Rossiya qo‘shma korxonalarining idoralari,
sanoat korxonalari joylashgan edi. Rossiya im-
periyasi va mahalliy kapital hamkorligi vujud-
ga keldi. Mahalliy tadbirkorlar faoliyati, milliy
kapital namoyandalarining sarmoyalari daro-
madi Rossiya bozori mahsulotlariga bevosita
bog‘langan edi. Ular ikki davlat o‘rtasida bozor
munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma
bank uyushmalarini tuzishga harakat qilishdi.
60
MA’LUMOT UCHUN
Xiva xonligida XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq
urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majbu-
riyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida