44
MA’LUMOT UCHUN
1898-yilda mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi
qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonga Dukchi
eshon (Muhammad Ali) rahbarlik qildi.
Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga
bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik
qildi.
Qo‘zg‘olonchilarning safi kengayib bordi. Ular
Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar.
Ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv
oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur
bo‘ldilar.
General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olon-
chilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo
ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi. Dukchi
eshon va uning safdoshlari jazolandi.
1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy
aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustam-
lakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari
mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq-huquqla-
ri, orzu-umidlari uchun jang qildilar.
Garchi 1898-yilgi qo‘zg‘olon tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy
xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi.
Mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli
barcha hududlarida davom etdi.
Dostları ilə paylaş: