112
Oyoqlarni navbatma-navbat to‘g‘ri ko‘tarib, tushirish.
Oldinga prujinasimon egilish-rostlanish.
Chalqanchasiga yotgan holda qo‘llarga tayanib turish.
Avval cho‘nqayib o‘tirish, so‘ngra qo‘llarga tayanib
yotib-turish.
Chalqanchasiga yotgan holda oyoqlarni ko‘tarib-tushi-
rish (90-rasm).
Gimnastik tayoqcha bilan bajariladigan birinchi mashq-
lar majmuyi.
Gimnastik tayoqcha bilan dastlabki holatni egallash.
Gimnastik tayoqchani ushlagan holda, chap oyoqni
orqaga olib, qo‘llarni yuqoriga uzatish.
Avval tayoqchani yelkaga qo‘yib, oyoqlarni yelka keng-
ligida ochish, so‘ngra, bir oyoqni yonga olib, chapga egilish.
Avval tayoqchani ikki qo‘l bilan oldinda ushlash, oyoq-
larni yelka kengligidan kattaroq qilib ochish, so‘ngra tayoq-
chani yuqoriga ko‘tarib, o‘ngga burilish.
Turgan joyda tayoqchaning ustidan hatlab yurish (91-
rasm).
Chalqancha yotib, ikki qo‘llab tayoqchani yuqori ko‘-
tarish.
Kurakda yotgan holda oyoqni yuqoriga ko‘tarish,
tayoqchani ikki qo‘llab ushlab, oyoqni boldiri orqasiga
qo‘yish.
Tik turgan holda tayoqchani avval orqada ushlash,
so‘ngra esa uni son va boldir orasiga olib qisish hamda
qo‘llarni oldinga uzatish (92- rasm).
Dostları ilə paylaş: