va Ibsol», «Xayy ibn Yaqzon» asarlari
buning yorqin ifodasidir.
Tarix ilmida benazir bo„lgan Muhammad
Narshahiy (899-959) o„zining «Buxoro tarixi»
(«Tarixi Narshahiy») asari orqali o„z
davrining katta, ko„lamli masalalarini o„rtaga
qo„yib, ularni haqqoniy tarzda yoritib berdi.
Kitobda arablarning O„rta Osiyoni zabt etib,
kirib kelishi, mashhur Muqanna qo„zg„oloni,
shuningdek Somoniylar davridagi davlat
boshqaruvi tizimi, pul munosabatlari, soliq
tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayotiga oid ko„plab qiziqarli
ma‟lumotlar aks etgan.
Ko„hna Xorazm farzandi Mahmud az-
Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan
osmonidagi yorqin yulduzlari safiga kiradi.
Buyuk mutafakkir arab grammatikasi,
lug„atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi,
jug„rofiya, tafsir, hadis va fiqh
(qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob
asarlarning muallifidir. Uning «Al-Mufassal»,
«Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog„a»
(«Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va‟zlar
bayonida oltin shodalar», «Ezgular bahori
va yaxshilar bayoni», «Aruzda o„lchov
(me‟zon)», «Nihoyasiga etgan masalalar»,
«Nozik iboralar», «Qur‟on haqiqatlari va
uni sharhlash orqali so„zlar ko„zlarini
ochish» kabi asarlari butun Sharq va arab
dunyosida e‟tirof topgan.
Shuningdek, Ismoil Jurjoniy, Mahmud
Chag„miniy, Burhoniddin alMarg„inoniy
kabi allomalarimiz yaratgan boy ilmiy-
ma‟naviy meros ham Vatanimiz shuhratini
olamga taratdi.
Shunday qilib, O„rta Osiyo hududida yuz
bergan Uyg„onish davrida ko„plab favqulodda
iste‟dod sohiblari etishib chiqdiki, ular jahon
fanining turli yo„nalishlarida betakror
kashfiyotlar, chinakam mo„‟jizalar yaratdilar.
Bu bilan ular Vatanimiz shonu sharafini
yuksaklarga ko„tardilar hamda kelgusi
minnatdor avlodlar uchun bitma-tuganmas boy
meros qoldirdilar.
|