qilishdan oldin ishonchli navkarlari bilan mashvarat qildi. Yoshi ulug' vazir-u
navkarlarining gaplariga quloq tutdi. O'zining "Vaqoe"sida har bir navkarining fe'l-
atvori, sadoqati, alohida xislati haqida to'xtalib o'tdi. 1507-1508-yil voqealarini
tasvirlar ekan , tadbirli va siyosatli kishilar haqida o'z fikrlarini bayon etadi. Ya'ni
Samarqanddan Boburning iziga tushib, Hirotdan uni ta'qib etib, Qandahorda fath
etmoqchi bo'lgan Shayboniyxon istagini, uzoqni ko'ra biladigan, ko'p yillik
tajribaga ega Qosimbek tezda fahmlaydi. Natijada hukmdori Boburni zudlik bilan
bu xavfli yerdan ko'chirtiradi. Bu haqida muarrix quyidagi tarixiy faktlarni
keltiradi: ".... Shayboqxon Hiriydin tog' yo'li bila meni Qandahorda xayol qilib,
Qandahor ustiga ilg'ar (yuradi), ushmuni (shuni) mulohaza qilib, Qosimbek
tajribaliq kishi muhassilliqlar (o'ljalar) bila Qandahordin bizni ko'churdi" (III, 48,
362). Yana yaxshi tadbirli Qosimbekka Boburning quyidagicha ta'rifi keltirilgan:
"Qosimbek chun hisob bilur (uzoqni ko'ra oladigan, ehtiyotkor) kishi erdi.
Qandahor navohisida ko'p turarimizni saloh (ma'qul) ko'rmay, ayta-ayta
muhassilliqlari bila ko'chturdi" (III, 48, 362). Buyuk muarrix Qosimbek haqida
tarixiy faktlarni keltirish bilan birga ozgina badiiylikka ham urg'u berib o'tgan.
Ehtiyotkor Qosimbek haqida bildirgan fikrlaridan tashqari xalq tomonidan
bildirilgan quyidagi baytni ham keltiradi:
Dostları ilə paylaş: