O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi
turlarga bo’linadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar
bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim muassasasi (bolalar bog’chasi-
maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport
va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion
yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini
amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish
bog’chasi.
15
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish
davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari,
nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma,
hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim
muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli
ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-
tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va
pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va
sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus
maktabgacha
ta`lim
muassasasining
boshqaruvi
haqidagi
to’liq
ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi
Nizom” da ko’rsatilgan.
|