Jahon ta’lim tizimlarini o‘rtacha baholash masofali ta’lim an’anaviy ta’lim
shakllaridan ikki barobar arzon eqanligini ko‘rsatadi. Milliy nodavlat masofali
ta’lim markazlarining tajribalari mutaxassislarni tayyorlashga sarflanadigan
xarajatlar kunduzgi o‘qish shakli xarajatlariga qaraganda, tahminan 60
foizni
tashkil qilishini ko‘rsatadi. Materiallarning yuqori jamlanishi va uning
unifikatsiyalashtirilishi
(bir
xillashtirilishi),
ko‘p
sonli
o‘quvchilarga
mo‘ljallanganligi, o‘quv maydonlari va texnik vositalardan yanada samarali
foydalanish o‘qitish tannarxining nisbatan pastligini ta’minlaydi. bunda
o‘qituvchining yangi rolini ham aytib o‘tish zarur. Unga endi o‘qitish
jarayonini
boshqarish, o‘quv kursini o‘zgartirish, individual o‘quv rejasini tuzish bo‘yicha
maslahatlar, o‘quv loyihalariga rahbarlik qilish va boshqa vazifalar yuklatiladi. U
o‘quv o‘zaro yordam guruhlarini boshqaradi, o‘quvchilarga ularning kasbiy o‘z
yo‘nalishlarini aniqlashlarida yordam beradi. Masofali ta’lim tizimida o‘quvchilar
va o‘qituvchining o‘zaro aloqalari kompyuter tarmog‘i orqali oluvchilar
manzillariga axborotlarni o‘zaro jo‘natish ko‘zda tutiladi. Bu esa kelib tushgan
axborotlarni tahlil qilish va unga qulay vaqtda javob
qaytarishga imkon beradi
(3.10.1-rasm).
O‘qitish yangi shaklida nazorat usuli sifatida masofali tashkil etilgan
imtihonlar, suhbatlar, kurs va loyiha ishlari, eksternat, kompyuterli intellektual test
tizimlaridan foydalaniladi. Masofali ta’lim sifatini nazorat qilish, Davlat test sinovi
yagona tizimini yaratish yo‘li bilan uning standartlarga moslashtirilishi
muammosini muvaffaqiyatli hal qilish muhim ahamiyatga ega eqanligini alohida
aytib o‘tish zarur. Kurslarni
akademik tan olinishi, an’anaviy o‘quv yurtlarida
o‘tilganida ularning hisobga olinishi mumkinligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Masofali ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimi shakllaridan biri hisoblanib, insonning
bilim olish va axborotlardan foydalanish huquqini amalga oshirishga
yo‘naltirilgan. Masofali ta’lim har bir xohlagan inson uchun kasbiy faoliyati bilan
bir qatorda asosiy yoki qo‘shimcha ta’lim olishi imkonini beradi.
Masofadan o‘qitishning afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda
va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli
bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina
yirik korxonalar
mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan
foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini
o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni
boshlaydi,
materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni,
testlarni bajarishga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez
o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni
o‘zlashtirmasa, unga
mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o‘qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o‘qiyotganlar biror
mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub
nogironlar uchun juda qulaydir.
Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish imkoniga ega. Bu haqida
bir necha bor Avstraliyada eshitdik.
Dostları ilə paylaş: