Tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosining chuqurlashishi. Iqtisodiyotning kuchsizlanishi va bank balansining yomonlashuvi inqirozning
keyingi bosqich, bank tahlikasiga zamin yaratdi.
Bank tahlikasi boshlandi. 2001-yil oktyabrda iqtisodiy inqiroz natijasida soliqlardan olinadigan
daromadlar pasayishda davom etdi va markaziy xukumati va viloyatlar o‗rtasida
fiskal vaziyatni yaxshilash borasidagi kelishuvlar barbod bo‗ldi. Davlat
obligatsiyalarining defoltining oldini olishning imkoni yo‗q edi. Natijada bir kunda
salkam 1 milliard dollar depozitlarning banklardan chiqib ketishi kuzatilganto‗liq
masshtabli bank tahlikasi noyabr oyida boshlandi.Dekabr oyi boshlanishida
xukumatni banklar faoliyatini vaqtinchalik to‗xtatish bo‗yicha majburlashdi va
corralito (kichik devor) nomli cheklovni joriy qilishdi. Ushbu vaziyatda
omonatchilar bankdanxaftasiga faqatgina 250$ olishlari mumkin edi. Corralito
ayniqsa kunlik tranzaksiyalari faqatgina naqd pulga bog‗liq bo‗lib qolgan
kambag‗allar uchun juda katta taxlikali edi. Argentina jamiyatining ijtimoiy
tuzilmasi zaiflashishni boshladi. Qattiq namoyishlarda salkam o‗ttizga yaqin
odamlar xalok bo‗ldi. (10 -rasm)
10-rasm Valyuta inqirozi izchillik bilan sodir bo„ldi. Bank taxlikasi xukumat pesoning qadrini ushlab turish maqsadida foiz
stavkalarni baland ushlab turishidan, shuningdek, bir argentina pesosini bir AQSH
dollariga fiksirlangan kursda sotib olish va sotishiga rozilik beruvchi tuzilma
valyuta kengashini saqlab turishning iloji yo‗qligidan ogohlantirdi. Allaqachon
kuchsizlangan banklar faoliyatini barbod qilishi sababli valyuta kengashini saqlab
turish uchun foiz stavkalarni oshirish echim sifatida o‗zining ahamiyatini yo‗qotdi.
Xalq kelajakda peso o‗zining qiymatini yo‗qotishini tan olishi oqibatida odamlar
dollar uchun pesoni sotishi bevosita spekulyativ xujumni boshlab berdi.
SHuningdek, xukumatning og‗ir fiskal holati o‗z qarzini to‗lash imkonini
bermasligi investorlarning pulni mamlakatdan olib chiqib ketishiga shartsharoit
yaratib berdi. Bu holat qo‗shimcha peso savdosiga olib keldi.