75
Komiljon Otaniyozovning ijrochilikdagi mohirligi, so‘z
tanlashdagi zukkoligi, ijro repertuarining rang-barangligi, xalq qo‘shiq
va dostonlarga munosabatlari hamda ulardan yangi asarlar yaratish
qobiliyatining o‘tkirligi, doston ijrochiligida novatorligi, maqomlar
ijrosida o‘zining bilimdonligini namoyish etishi va xalqqa yaqin
holda talqin etishi, xalqimizga ko‘pdan ko‘p qo‘shiq va ashulalarni
yaratib meros qilib qoldirgani, o‘zbek musiqa ijrochiligida o‘zining
go‘zal uslubini yaratib qoldirgani, barcha-barchasi Komiljon
Otaniyozovning ijodi yoshlar uchun ibrat deyishga asos bo‘ladi.
K. Otaniyozovning qator asarlari xalq ijrochilik amaliyotida
keng ommalashgan. Barcha voha xonandalarining repertuaridan joy
olishi bilan birga, yoshlarning qiziqib o‘rganadigan asarlari qatori-
dan o‘rin olgan.
Dostları ilə paylaş: