38
tashish uchun to‘liq javobgarlikni zimmaasiga oladi, o‘zining xizmatlarini yagona
to‘lov evaziga taqdim qiladi.
Hozirgi kunda aralash tashish operatorlari sifatida bir tomondan, transport
vositalarining egalari, ijarachilari, menedjerlari, ikkinchi tomondan esa –
ekspeditorlar chiqadi. Zamonaviy tashuvchi bir paytning o‘zida aralash tashish
operatori ham bo‘lishi mumkin. Ekspeditr, operator bo‘lish bilan birgalikda, agar
aralash tashish davomida uning uchastkalaridan birida yukni etkazib berish uchun
o‘zining avtotransporti yoki yollangan kemadan foydalansa – bir paytning o‘zida
tashuvchi ham bo‘lishi mumkin.
Operator ham, odatdagi ekspeditor ham aralash bog‘lanishda yukni tashishni
tashkil qiladi, biroq birinchisi uni o‘zining transport hujjati bilan rasmiylashtiradi,
ikkinchisi esa yuk jo‘natuvchiga amaldagi tashuvchining transport hujjatini
topshiradi. Shundan kelib chiqqan holda, yuklarni tashishning tarmoq qoidalarida
shunday shart borki, u yukni ekspeditorning yukni qayta yuklash punktida
joylashgan vakilining manziliga etkazib berishni ko‘zda tutadi, bunda nakladnoyga
“Yukni keyinchalik avtomobil transportida tashish uchun” yoki “yukni keyinchalik
temir yo‘l transporti bilan jo‘natish uchun” degan belgi qo‘yiladi. Qayta yuklash
punktidan yuk to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishdagi yuklar uchun imtiyozli tariflardan
foydalanish bilan keyinchalik transportning mos keluvchi turiga topshirish yoki
saqlash shartnomasi bo‘yicha saqlash uchun yangi hujjat (nakladnoy) bo‘yicha
tashiladi.
Dostları ilə paylaş: