279
O‘zR Prezidentining 5490-sonli farmoni talablari bo‘yicha1-kundan
10 kungacha belgilandi. O‘zR JPKning 187-7-moddasiga ko‘ra
taftish
o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iborat. Zarur bo‘lgan hollarda,
tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va
ko‘lamlari hisobga
olingan holda, taftish muddati taftish o‘tkazuvchi
shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra tergovchining,
prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Taftishning umumiy muddati uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilishi
inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini
muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan
oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatining
jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat
jihatidan yaxshilashga doir
qo‘shimcha choratadbirlar to‘grisida 2016 yil 5-oktyabrdagi PF-4848-
sonli farmoni asosida respublikada
kichik
biznes va xususiy
tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya
qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada
mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik
to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investistiya va ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash maqsadida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka
keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining
aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi
olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada
rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va
davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. "Халқ
сўзи", 2016 йил 6 октябрь.,"Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 10 октябрь, 40-сон, 467-модда.
Shuningdek, davlat organlari, eng avvalo,
huquqni muhofaza
qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga o‘z faoliyatida yuqorida
ko‘rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so‘zsiz amalga oshirilishini
ta’minlash maqsadida, o‘z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili
280
asosida huquqbuzarliklarning
oldini olish, profilaktika qilish hamda
ularga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va
ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni kiritib
borish belgilandi.
Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va
to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik
uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘grisidagi qonun hujjatlari
normalari talablari qat’iy
bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik
subyektlariga etkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini
ta’minlash biriktirildi.
Ushbu farmon asosida Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatining
jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza
qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Kompleks chora-tadbirlar
dasturida
nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi
yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Tadbirkorlik subyektlarini
rejadan tashqari tekshirishlarning
Dostları ilə paylaş: