270
buzish) – prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi (
JPKning
345-moddasi 2-qismiga qarang). Shu sababli noqonuniy tekshiruv
bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zgatish to‘grisidagi qarorni prokuratura qabul
qiladi.
Bundan tashqari, prokuratura umumiy
vakolatlari doirasida har
qanday qonunbuzarlik yuzasidan prokuror aralashuvi choralarini
ko‘rishga haqli. Shu munosabat bilan tekshiruvlar ustidan shikoyatlar
bilan prokuraturaga murojaat qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Uchinchidan, biznesda tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi normativ
baza o‘zgaradi. Vazirlar maxkamasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish
va o‘tkazish tartibi to‘grisidagi nizom ishlab chiqildi.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan
tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga
oshirish Savdosanoat palatasi zimmasiga yuklatildi. Eslatib o‘tamiz,
SSPning ushbu masalalarga oid vakolatlari “O‘zbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat
palatasi
to‘grisida”gi
Qonunning
14-moddasida
mustahkamlangan.
Batafsil
tanishish
uchun
qo‘yidagi
saytga
qaralsin.
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tekshiruvlarni_biznesom
budsman_muvofiqlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: