tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig`i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i, ekologiya,
avtomobil mashinalarini qayta sotish solig`i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo`jalik
tovar ishlab
chikaruvchilarning yagona yer solig`i va yuridik (noqishloqxo`jalik) va jismoniy
shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to`g`ri soliqlarga yoki bevosita va
bilvosta bulinadi.
To`g`ri soliqlarni bevosita soliq to`lovchilarning o`zi tulaydi, ya‘ni soliqni
huquqiy to`lovchisi ham, hakikiy to`lovchisi ham bitta shaxs bo`ladi. TO`gri soliq
yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bO`lmaydi. Bu soliqlarga hamma
daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
Egri soliqlarni huquqiy to`lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab
yuboruvchilardir (xizmat ko`rsatuvchilardir). Lekin soliq og`irligini haqiqatdan ham
budjetga to`lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste‘mol qiluvchilardir, ya‘ni xakikiy
soliq to`lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga
ustama ravishda qo`yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga
chiqib
ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko`p bo`lishiga yordam
beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to`gridan to`gri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa
korxonalar mahsulotlarini
sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga
to`lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo`lgan
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to`gri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko`prok mahsulot ishlab chiqarishni
ko`paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig`imlari kam bo`lganligidan bu
budjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha
murakkabdir.
Bu masalani yechishda ilgari ko`rsatganimizdek
xududdan respublika
budjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad
solig`i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o`z
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika
hukumatiga murojaat
etish lozimligini bildirib, ularni o`z xududlaridagi soliqlar
to`liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg`amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning
davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga
qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig`imlar amalda
bo`lgan bo`lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2016 –yilga kelib esa 11 tagacha
qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini
esa qo`shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta‘minlandi. Masalan ijtimoiy
infratuzilma solig`iga obodonlashtirish yig`imi qo`shib yuborilgan bo`lsa, 2006
yilda ekologiya solig`i mutlaq bekor qilindi.
2000-2016 yillarda foyda solig`i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi,
Shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlaridan olinadigan
yagona soliq unifikatsiya
qilindi, ya‘ni unga nobudjet davlat jamg`armalariga o`tkaziladigan majburiy
to`lovlardan yagona yo`l jamg`armasi, maktab ta‘limini rivojlantirish
jamg`armasiga ajratmalar ham qo`shib yuborildi.
Dostları ilə paylaş: