54
ustunlik qilmas ekan, aksincha nutq markazining har ikki yarim sharda simmetrik
holdagi markazlari mavjud ekan. Ob`ektlarning aloqa va bog`lanishlari haqida yangi
axborotlarni bilishga olib keluvchi fikrlash jarayoni har ikki yarim sharning ham
ishtirokini talab qiladi. Bunda gox o`ng, gox chap yarim shar ustunlik qiladi. Agar
chap yarim shar ustunlik qilsa, fikrlash faoliyati anglangan va verbal’ (nutqiy) holda
ifodalangan bo`ladi. O`ng yarim shar ustunlik qilsa, aksincha bo`ladi. YAna chap
yarim shar dominantlik qilganda muammoning echimi birdaniga topilgandek
taassurot qoldiradi. Ko`p hollarda ushbu muammo intuitsiya yo`li bilan xal bo`ldi,
deb o`ylanadi. Intuitsiya bilishning maxsus usuli bo`lib, izlanayotgan xulosaga
birdaniga kelishlik illyuziyasi sodir bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: