shakllantiradi, o`yindan to`g‘ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya‘ni,
aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta‘limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, ko`rish, sezish
a‘zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini,
ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta‘limiy o`yinlar
guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji
oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan
narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og‘zaki usuldagi ta‘limiy o`yinlar- "Qo`g‘irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz",
"Qo`g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini
top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a‘zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi
daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va
barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu
uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O`yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`yinlar orqali bolalarda meva va
sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi
tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko`rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari
rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o`ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan
topag‘on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog‘bonlar" o`yinlari orqali bolalarda
mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o`yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his
tuyg‘u va kechinmalar bilan almashinishadi, o`zaro do`stona munosabatlar o`rnatishadi.
Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda
bo`lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar Bilan olib boriladigan
didaktik o`yinlar so`z va gaplarni tahlil qilishga, so`zlarda tovush va harflarning o`rnini
aniqlash, jumlalarni to`g‘ri tuzishga o`rgatadi. Quyida bolalar bilan tarbiyaviy
mashg‘ulotlarda, oila sharoitida, o`yin faoliyatida olib boriladigan didaktik o`yinlardan
misollar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: