orqali aniqlaydi va bu bilan sudga ekspert
bahosi natijasini tushuntirib,
shaxsning aqli rasoligini istisno qiladi.
Yuridik mezonni o‘rnatish uchun uning elementlaridan birining
bo‘lishi yetarli: yoki intellektual yoki irodaviy payt orasida «yoki»
bog‘lovchisidan foydalanish orqali
JK 18-moddasi 2-qismi
dispozitsiyasini ifodalashda tasdiqlangan.
Aqli norasolik yuridik mezonining
intellektual belgisi jinoyat sodir
etish vaqtida harakatlarni anglay olmasligini bildiradi, ya’ni bu qandaydir
ruhiy buzilishi bo‘lgan shaxsning u yoki bu muayyan
sharoit yoki holatda
o‘z jinoiy qilmishining ijtimoiy xavfliligi va faktik xususiyatini to‘la
anglay olmasligidir. Ruhiy kasal shaxsning normal fikrlash faoliyatining
buzilganligi unga obyektiv borliqda o‘zini to‘g‘ri tutish va atrof-tashqi
olam hodisalarini qabul qilish imkoniyatini bermaydi. Ruhiyati buzilgan
shaxs har bir muayyan holatda nafaqat o‘z
harakatlarini anglamaydi, balki
ular oxir-oqibat nimalarga olib kelishini ham tushunmaydi. Yuridik
mezonning intellektual belgisi jinoyat qonunida
(JK 18-moddasi 2-qismi)
qandaydir ruhiy kasallik sababli «o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay
olmagan» deb bejiz ko‘rsatilmagan.
Ta’kidlash joizki, amaliyotda shunday holatlar borki, shaxs o‘z
qilmishini anglaydi, ammo ularni boshqarish imkoni bo‘lmaydi, ya’ni
uning irodaviy holati shikastlangan. Bu holatda so‘z yuridik mezonning
irodaviy belgisi to‘g‘risida boradi.
Yuridik mezonning
irodaviy belgisi, o‘z-o‘zidan, ruhiy buzilishlar
ta’siri ostida, ya’ni kasallik holatida shaxsning o‘z
harakatlarini boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lmasligida ko‘rinadi. Ya’ni, e’tibor shaxsning jinoyat
sodir etish vaqtidagi kasallik holatiga emas, balki uning ruhiy holatiga
qaratilishi kerak. Ruhiy kasallik inson ongini buzib, boshqa psixik
funksiyalari buzilishiga ham olib keladi hamda buning natijasida
shaxsning nafaqat o‘z harakatlarini
anglashi va tushunishi, balki
boshqarish qobiliyati ham yo‘qoladi, masalan, ruhiy kasallarda o‘g‘irlikka
moyilligi kuchli (kleptomaniya), o‘t qo‘yishga hirs (piromaniya),
maqsadsiz xayollarga intilish, daydilik (dradomaniya), odam o‘ldirish yoki
o‘zini-o‘zi o‘ldirishga intilish (gomitsidomaniya, suitsidomaniya) kabi
244
holatlar paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar o‘z harakatlarini tushunish va ruhiy
buzilishlar (ruhiy kasalliklar)dan biri bo‘lganda bunday intilish va
qiziqishlarga qarshilik qila olmaydi, ularni doim kuzatib yuradi
va tinchlik
bermaydi.
Shunday qilib, aqli norasolik holati, tibbiy va yuridik mezonlar
majmuini tashkil qilib, jinoyat sodir etish vaqtida shaxs yo o‘z
harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay olmaslik
qobiliyati bo‘lmasligiga (intellektual belgi) yoki
ularni boshqara olish
qobiliyatining bo‘lmasligiga (irodaviy belgi) yo‘l qo‘yadi. Amaliyotda
shunday holatlar uchraydiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda yuridik
mezonning intellektual va tibbiy belgisi birgalikda shaxs aqli norasoligini
ifodalaydi. Bu holatda so‘z «ideal» aqli norasolik holati haqida boradi,
qachonki, ruhiy buzilish bo‘lganda shaxs huquqbuzarlik
sodir etgan vaqtda
nafaqat o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay
olmaydi, balki ularni boshqara olmaydi ham. Odatda, bu patologik mastlik
yoki surunkali ruhiy buzilishlar va boshqa kasallik holatlarida bo‘ladi.
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun yuridik mezon tibbiy mezonning
natijasi bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: