53
yetarlicha o’z o’rniga ega emasligi barchamizga sir emas. Bugungi kunda bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli
beqiyos. Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi, tadbirkor va
ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ularni sodir bo’lish
ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash bugungi
kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Yuqoridagi tahlil natijalari va
sug’urta bozorini rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolarni o’ganib chiqib,
quyidagi taklif va mulohazalarni amalda joriy etish orqali yuqori natijalarga erishish
mumkin:
-sug’urta faoliyatida marketing xizmatidan samarali foydalanish xususan, eng
yaxshi reklamani yo’lga qo’yish, servis xizmatlaridan foydalanish, mijozlar bilan
ishlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish , mijozlarga xizmat ko’rsatishni eng
qulay va samarali usullarini yo’lga qo’yish;
- sug’urta faoliyati davomida sug’urta davolarini sifatli va tezkor bartaraf
etishga alohida etibor qaratish, sug’urta davolarini bartaraf etish bo’yicha maxsus
bo’limlar tashkil etish;
-sug’urta madaniyatini oshirish maqsadida konferinsiyalar o’tkazish, mijozlar
qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi strategik rejalar tuzish va joriy qilish;
-sug’urta bozorini takomillashtirishda jahon tajribasidan foydalanish.
Yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni amalda joriy etish sug’urta bozorini
rivojlanirishga imkoniyat yaratadi va mamlakat iqtisodiyoti sug’urta bozorini o’rni
va rolini kuchaytiradi deb aytishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: