Eng yuqori qatorda Windows OT qobig`iga xos tarzda ishlatilayotgan dastur hamda
yaratilayotgan fayl nomi joylashadi. Masalan, ishga tushirilgan dastur
– AutoCAD, yaratilayotgan fayl
(chizma) – Drawing1.dwg. Fayl nomi dastur yuklanganda
AutoCAD tomonidan yaratiladi,
keyinchalik foydalanuvchi tomonidan o`zgartirilishi mumkin.
Menyu qatori. AutoCAD bir necha yuzlab buyruqlar mavjud bo`lib, ularni foydalanuvchi
tomonidan oson topilishini ta’minlash uchun ish maqsadiga ko`ra guruhlarga ajratiladi. Masalan,
Drawing (Chizish) menyusida chizma chizish uchun mo`ljallangan buyruqlar: chiziq, nur, aylana, yoy,
ellips va h. lar ro`yxati o`rin olgan.
Dostları ilə paylaş: