-
har bir xodim o‘zining pedagogik va psixologik sohadagi ko‘nikma
va bilimlarini doim takomillashtirib borishi,
shu bilan birga, malakasini hamda professionallik
darajasini oshirishga ko‘mak beradigan tadbirlarda muntazam ishtirok etishlari;
- jamoada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston
Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan
tanishib borishi va ularga og‘ishmasdan amal qilishi,
mavjud barcha standartlar, bayonlar,
tavsiyalardan xabardor bo‘lishi hamda professionallik darajasini oshirib borishi;
- mehnat faoliyatini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelganda pedagog xodimga
hamkasblariga yordam so‘rab murojaat qilishi yoki unga murojaat qilgan hamkasblariga yordam
berishi;
- o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hurmat, ishonch
va shaffoflik
tamoyillariga asoslanishi;
- xodimlar bir-biriga kasb etikasi doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, o‘z bilim,
ko‘nikma hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz ulashishga tayyor bo‘lishi;
- jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri va asosli qabul
qilishi, tanqid qilayotgan xodimning zarur va kerakli tavsiyalariga rioya qilishi;
- ta’lim muassasasi rahbari ta’lim muassasasi faoliyatining shaffof va ochiq ravishda tashkil
etishi masalalari yuzasidan fuqarolar (ota-onalar) murojaatini ko‘rib chiqishda alohida e’tibor
qaratishlari shart.
15. Ta’lim muassasasi hududida jamoa a’zolarining ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslar) bilan munosabatlari o‘zaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim,
biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zo‘ravonlikni aks ettiruvchi va kamsituvchi
(bulling)
xatti-harakatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- mutasaddi tashkilotlar va ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)
ta’lim
muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar o‘rtasida yuzaga
keladigan har qanday nizoli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor
va uning
o‘rinbosarlari) hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal
etiladi;
- ota-ona va pedagog o‘rtasida shunday ziddiyat ro‘y bergan holda o‘qituvchi ta’lim
muassasasi ma’muriyatiga xabar beradi;
- tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakili va ta’lim muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar
organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi;
- ta’lim muassasasi o‘quvchi manfaatlari yo‘lida oshkor etilishi kerak bo‘lgan barcha
ma’lumotni o‘quvchining ota-onasiga (oilasiga) kelishilgan holda yetkazishi;
- o‘qituvchi
mamlakatda, jamiyatda, ta’lim muassasasida va sinfdagi mavjud qadriyatlar,
an’analar hamda madaniyatlarni tushunish va hurmat qilishga intilishi;
- o‘qituvchi ta’lim muassasasi, oila va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarda pozitiv va
faolligini namoyish etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: