Ma`ruza № 7
Mavzu: Dastakli qaychi bilan qirqish
Reja:
7.1. Umumiy ma`lumotlar
7.2. Dastakli qaychi bilan qirqish
7.3. Mehnat xavfsizligi
Tayanch iboralar: List,taxta, qaychi, egish, quvurlarni razvalsovkalash
,
zagatovka, gira, bolg`a, egish ishlarini mexanizatsiyalash, qirqish, dastakli
qaychi bilan qirqish.
7.1. Umumiy ma`lumotlar
Materialning bir qismini zagotovkadan (metall list yoki po`lat va h.k.) ajratish
jarayoni qirqish deb ataladi. Qirqish jarayoni qirindi chiqarib yoki qirindisiz
bajarilishi mumkin.
Qirindi chiqarib qirqish tokarlik vintqirqar dastgohlarda, chilangarlik
arralarida yoki gazelektr payvandlash asboblarida bajariladi. Profilli metall,
silindrsimon degal zagotovkalari qo`larra bilan qirqiladi. Arraning qirquvchi qismi
U 10A va X 6 VF rusumli po`latdan tayyorlanadi. Mexanik va chilangarlik
qaychilarida metallni qirindi chiqarmasdan qirqish mumkin, bunda material
qaychining yuqori va pastki tig`lari orasiga qo`yiladi (109--rasm).
Yuqorigi keskich tig` metallga botib uni qirqadi.
Shuni yodda tutish lozimki, material qancha qattiq
bo`lsa, tig`ning o`tkirlik burchagi a shuncha katta
bo`lishi, ya`ni yumshoq metallar uchun (mis va b.) 65°,
o`rtacha qattiqlikdagilari uchun 70°—75°, qattiqlari
uchun
80°—85°
bo`lishi
kerak.
Ishqalanishni
kamaytirish maqsadida tig`ning orqa burchagini
a=1,5°—3° burchakostida o`tkirlanadi.
7.2. Dastakli qaychi bilan qirqish
Oddiy dastakli qaychilar 0,5—1 mm qalinlikdagi rangli metallarni qirqish
uchun qo`llaniladi. Ularning qirquvchi tig`lari to`g`ri va egri shaklda
tayyorlanadi (110-rasm, a). Kesuvchi tig`larning joylashishi bo`yicha o`ng va
chap qaychilar bo`lishi mumkin. O`naqay qaychi kesuvchi elementidagi
chig`iriq o`ngtomondan, chapaqay qaychida esa chap tomondan chigirilgan
bo`ladi.
O`naqay kaychi bilan materialni chap chetvdan soat mili yo`nalishila
qirqiladi, bunda zagotovkadagi reja izlari doimo ko`rinib turadi (I Yu-rasm, y).
Chapaqay qaychida materialni o`ng chetidan soat yo`nalishig`a qaramaqarish
yo`nalishda qirqish mumkin (110-rasm, v).
Bunday qaichi bilan k,irqishda materialni buklab reja izlarini doimo
nazorat qilib turish chilangarga noqulay. Shuning uchun listlar to`g`ri chiziq
yoki egrilik (aylana) bo`yicha o`naqay qaychilar bilan qirqiladi.
Qaychilarning uzunligi 200, 250, 320, 360 va 400 mm, kesuvchi tig`i
sharnirgacha 55—65, 70—82, 90—105, 100—120 va 110—130 mm bo`ladi.
35
111-rasmda qaychini o`ng qo`lning to`rtga barmog`i bilan kaftga qisib, u
bilan metallni qirqish ko`rsatilgan.
To`g`ri chiziq ostida qirqishda qo`l qaychilaridan foydalaniladi. Bu holda
listni qaychining bitta dastasini giraga qisib, ikkinchi dastasini bosib
qirqiladi (112-rasm, a).
Sanoat qaychisi o`zining kattaligi bilan oddiy qaychilardan ajralib turadi.
Bunday qaychi bilan 3 mm. gacha qalinliqdagi listlarni qirqish mumkin.
Qaychining ostki dastasi giraga yoki yog`och asosga mahkam qisib qo`yiladi
(112-rasm, b, v).
Stol qaychilariningunumdorligi kam. Shuninguchun katga partiyadagi
zagotovkalarni qirqishda ulardan foydalanilmaydi.
Kichik o`lchamli kuchaytirilgan qaychilardan diametri 2,5 mm.gacha
bo`lgan simlarni qirqishda foydalaniladi (113-rasm). Ularning o`lchamlari
oddiy qaychining o`lchamidan katta emas. Qaychi dastasini giraga qisib
dastani harakatga keltirish bilan metall qirqiladi. Ishchi dasta ikkita ketma-ket
birikkan richaglar tizimidan iborat. Qaychining pichoklarini almashtirish, ular
bilan diametri 8 mm. gacha bo`lgan simlarni kesish mumkin.
Richagli qaichilar qalinligi 4 mm. gacha bo`lgan po`lat, 6 mm. gacha
qalinlikdagi alyumin va jez listlarni qirqishda qo`llaniladi (114-rasm).
Yuqoridagi sharnir usulida mahkamlangan pichoq (2) richag orqali
harakatga keltiriladi, ostkisi harakatlanmaydi. Pichoqlar U8 rusumli po`latdan
tayyorlanib, HRC
3
52—60 qattiklikkacha toblangan, kesuvchi qirralarining
o`tkirlik burchagi 5°—8,5°. Asbobni ishlatishdan avval ishqalanuvchi qismlar
orasida moyning borligi, richagning erkin yo`li, qirquvchi pichoklar orasidagi
tirqishlar tekshirilishi kerak. Metallni qirqishda o`ng qo`l bilan richag dastasi (1)
tik holatga keltiriladi, bu bilan yuqoridagi pichoqham ko`tariladi. Shundan
keyin dastgohga zagotovka list (3) ko`yiladi.
36
Jodi qaychi keng tarqalgan bo`lib, undan 1,5—2,5 mm
qalinlikdagi listlarni (po`lat, dyuralyumin va b.) qirqishda
foydalaniladi (115-rasm). Jodi qaychi cho`yandan yasalgan
stanina (1) va stoldan (2) iborat. Kdychi sgsshiga quzg`almas
pichoq (7) o`rnatilgan. Yuqoridagi pichoqning (4) egri
chizikdi
kesuvchi
tig`i
pichoq
ushlagichga
(5)
mahkamlangan bo`lib, u muvozanatlagichga (6) ega. Listni
(3) kesish vaqtida uni yonlama tirgakka (8) jips qo`yib,
keskichli dastani pastga bosiladi, natijada list qirqiladi.
Dostları ilə paylaş: |