O'qituvchi:
Ha, bolalar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim,
26 bob, 128 moddadan iboratdir. Biz ularni mashg'ulotlar davomida o'rganib
kelmoqdamiz. Qani, bu moddalar haqida kim qanday fikr bildira oladi?
O'quvchilar Konstitutsiya moddalariga izoh beradilar.
—Vatanimning nomini
Aytar birinchi modda.
O'qib, o'rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda.
* * *
—Moddaning to'rtinchisin
Ulug' tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko'zlarimda charaqlar.
* * *
—Vatanimning bayrog'i,
Dilginamning qarog'i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo'lim chirog'i (5-modda).
* * *
—Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag'ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug' xalqim tilagi (6-modda).
* * *
— Burchlarimizdan so'zlar,
Bilsang, o'n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.
* * *
— Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O'qib, uqib, o'rganib,
Ama! qilamiz, albatta.
* * *
— Bo'lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko'chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda).
* * *
—O’ttiz yettinchi modda
Mehnat qiiish haqida.
Har kirn sevsa kasbini,
Egaliagay baxtini.
* * *
—
O'ttiz to'qqizinchi modda
So'zlaydi ta'minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo'lar hayotdan.
* * *
— Tibbiy xizmat doimo
Kerak har bir kishiga.
Sog'lom tanda sog' aql,
Urtum berar ishiga (40-modda).
* * *
— Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo'ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o'g'il, qiz o'yida (41-modda).
* * *
—
Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda).
* * *
—Milliy boyligimizni
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o'simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).
* * *
—Oila —jamiyatning
Asosiy bo'g'inidir.
Oltmish uchinchi modda
Shu bo'g'in talqinidir.
* * *
— Oitmish oltinchi modda
Farzandiik burchin so'ziar.
Har soniya, soatda
Insoniyiikni ko'ziar.
* * *
—Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi -
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o'rgan uni.
* * *
— Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun
Dovyurak o'g'lon kerak.
O'g'il bolalar ijrosida milliy raqslarimizdan biri ijro etiladi.
Dostları ilə paylaş: |