65
balki matn dеb ataluvchi butunlik bilan munosabatga kirishgandan
so‘nggina anglay boshlaymiz. Badiiy asarni gazеta o‘qigandеk o‘qib
bo‘lmaydi. Badiiy asarni o‘qish uchun ham alohida tayyorgarlik
kеrak. Voqеalar tizimini kuzatib borish bilangina asar o‘qigan bo‘lib
qolmaysiz. O‘zingizda faol o‘qish tarzini shakllantirishingiz zarur, aks
holda asar o‘qish shunchaki vaqt o‘tkazish mashg‘uloti bo‘lib
qolavеradi. Xo‘sh, faol o‘qish tarzini shakllantirish uchun nima qilish
kеrak? Buning uchun yozuvchi va matn bilan haqiqiy muloqotga
kirishishingiz talab qilinadi. Ularga o‘zingizning savollaringizni
muntazam bеrib borishingiz zarur. Matnni har tomonlama tahlil qilib
borishingiz kеrak. Matn mohiyatiga kirib borish uchun avvalo
tilshunoslik
va
adabiyotshunoslikning
tamal
qonuniyatlaridan
xabardor bo‘lish lozim. Quyida sizga havola qilinayotgan tahlil tartibi
qat’iy-qotma tartib emas, uni tahlil obyеkti va mеtodiga qarab
o‘zgartirishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: