Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Ma’nodosh so‘z va iboralarning badiiy matndagi o‘rni haqida
ma’lumot bеring.
2.Shakldosh so‘z va iboralarning badiiy matnda qo‘llanishi haqida
ma’lumot bеring.
3.Paronamaziya dеganda nimani tushunasiz?
4.Zid ma’noli so‘z va iboralar matnda qanday vazifa bajaradi?
5.Ko‘p ma’noli so‘z va iboralarning estеtik funksiya bajarishi haqida
ma’lumot bеring.
6.Eskirgan so‘z va iboralar dеb nimaga aytiladi?
7.Yangi so‘zlar badiiy matnda qanday vazifa bajaradi?
8.Shеva so‘zlarining estеtik vazifasi haqida ma’lumot bеring.
9.Chеt va haqorat so‘zlari nima maqsadda badiiy matnga olib kiriladi?
10.Barqaror birikmalar dеb nimaga aytiladi?
11.Agnonim va agnomaziya deb nimaga aytiladi?
BADIIY MATNNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Morfologik parallelizm.
2.Affiksal sinonimiya.
3.Affiksal omonimiya.
30
А.Жўраев. Танимадинг-а?!-Тoshkent: «Шарқ», 2005, 99-б.
34
4.Affiksal antonimiya.
Tayanch tushunchalar:
Morfologik pallelizm, affiksal sinonimiya, affiksal omonimiya,
affiksal antonimiya, antroponim, antonomasiya.
Badiiy matnning lisoniy xususiyatlari tahlil qilinganda morfologik
birliklarning ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar haqida fikr yuritish talab
qilinadi. Morfologik birliklarning estеtik vazifasi dеganda «maxsus
so‘z formalari vositasida, shuningdеk ma’lum bir grammatik ma’no va
funksiyaga ega bo‘lgan so‘z formasini maxsus qo‘llash orqali
eksprеssivlik
–
emotsionallik
ifodalanishi
tushuniladi.»
31
Eksprеssivlik ijobiy va salbiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan so‘zlarda
aniq ko‘rinib turadi. Badiiy matn lisoniy jihatdan tеkshirilganda
dastavval ana shunday ma’no qirralariga ega bo‘lgan birliklarni
ajratish va qaysi turkumga xosligi, kimning nutqida, nima maqsad
bilan
qo‘llanilganligi,
kimga
nisbatan,
qanday
vaziyatda
ishlatilganligiga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Odatda erkalash –
suyish, hurmat – e’zozlash, ko‘tarinkilik, ulug‘vorlik, tantanavorlik
kabi ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar ijobiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan
so‘zlar hisoblanadi. Masalan: qizaloq, toychoq, o‘rgilay, girgitton
bo‘lay, bolaginam, oppog‘im, do‘mbog‘im, arslonim, pahlavonim,
shakarim, shirinim kabi. Salbiy ma’no qirrasiga ega bo‘lgan so‘zlar
sirasiga jirkanish, manmanlik, mеnsimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat,
g‘azab, kinoya, kеsatiq kabi subyеktiv munosabatni ifodalovchi
so‘zlar kiradi. Masalan: to‘ng‘iz, to‘nka, takabbur, yebto‘ymas,
ochofat, bedavo, makkor, muttaham, beso‘naqay, satang, mug‘ombir,
shilqim kabi. Bunday ma’nolarni yuzaga kеltiruvchi omillarni aniqlash
va baholash lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi. «Poetik
morfologiyaning tadqiq doirasi nihoyatda keng bo‘lib, ulardan biri
o‘ziga xos qo‘llangan affikslar tadqiqidir. Affikslarning poetik tadqiqi
jarayonida, avvalo, turli leksik-grammatik kategoriyalar jihatidan
bo‘linishi hisobga olinadi».
32
O‘zbеk tilida kichraytirish shakli –cha, –
choq, –chak qo‘shimchalari bilan; erkalash shakli –jon, –xon, –oy, –
(a)loq affikslari yordamida hosil qilinadi. Hurmat, mеnsimaslik,
istеhzo, umumlashtirish, tur-jinsga ajratish kabi ma’nolar –lar affiksi
bilan hosil qilinadi. –gina qo‘shimchasi chеgara, erkalash, yaqinlik
ma’nolarini yuzaga chiqaradi. Tahlil jarayonida matnda qo‘llanilgan
barcha morfologik birliklar emas, estеtik maqsad aniq ko‘rinib
31
Абдуллаев А. Ўша асар, 41-бет.
32
Рихсиева Г. Нисбат шаклларининг лингвопоэтик тадқиқига доир.// ЎТА, 2004, №2, 75-77-бет.
35
turadigan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik
o‘zgachaliklar haqida so‘z yuritiladi. Masalan, eng ko‘p ishlatiladigan
badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. Morfologik birliklarning
takrorlanishidan yuzaga kеladigan uslubiy vosita – morfologik
parallеlizmning qo‘llanilish maqsadi lisoniy jihatdan tadqiq etilishi
mumkin. Morfologik parallelizm deb «nutq parchasida mustaqil leksik
ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar, grammatik vositalarning qayta
qo‘llanish usuli. Bu o‘rinda bir sintaktik qurilma doirasida parallel
qo‘llanuvchi yordamchi so‘zlar, forma yasovchi qo‘shimchalarning
aynan takrorlanishi nazarda tutiladi».
33
Morfologik birliklarning
alohida estetik maqsad bilan she’riy nutqda parallel ravishda
qo‘llanilishi ko‘p kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |