Parazitar infeksiyalar (malyariya, leyshmaniyoz, amebiaz). Bezgak



Yüklə 32,79 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,79 Kb.
#207721
1   2   3   4
PatAnat Mustaqil ish

ICHAK AMYOBIAZI
Ichak amyobiazi (amyobali endemik dizenteriya) — surunkali protozoy kasallik bo'lib, kaytalanib turadigan gemorragik yarali kolit boshlanishi bilan ta'riflanadi.
Etiologiyasi va patogenezi. Bu kasallikning ko'zg'atuvchisi Entamoeba hystolytica nomli sodda jonivor (dizenteriya amyobasi, ichak amyobasi) dir. Ichak amyobasining rivojlanish siklida ikki davr vegetativ davr bilan tinchlik davri bo'lib o'tadi. Vegetativ davrida uning to'qimada yashaydigan, katta vegetativ shakli, ichak yo'lida yashaydigan va sista oldi shakli tafovut qilinadi. To'qimada yashaydigan va katta vegetativ shakllari o'tkir amyobiaz mahalida ichak suyuqligida va ichak devorida topiladi; ichak yo'lida yashaydigan va sista oldi shakllari, shuningdek sistalarning o'zi kasallikdan tuzalib kelayotgan va sistalarni tashib yuruvchi kishilarda tashqariga chiqib turadi. Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda, jumladan Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida keng taralgandir. Bu kasallikning asosiy manbai axlati bilan tashqi muhitga amyobalarni chiqarib turadigan odam (1 g axlatda ba'zan 6 mln gacha amyoba sistalari bo'ladi). Sistalar yuqqan ovqat yoki suv iste'mol qilinganida kasallik odamlarga yuqib qoladi. Sistalar odamlarning iflos qo'llari va pashshalar orqali yuqadi. Ayniqsa issiq mamlakatlarda sog'lom odamlar orasida amyobalarni tashib yurish hodisalari ko'p uchrashini aytib o'tish zarur. Infeksiyaning avj olib borish mexanizmida amyobalarning ichak devoriga va hatto qon tomirlariga kirib olishi muhim ahamiyatga ega, bu hodisa amyobalarning harakatchan bo'lib, to'qimalarni lizisga uchratadigan gialuronidaza va boshqa fermentlarni chiqarib turishiga bog'liq. Gialuronidaza ishlab chiqaradigan ba'zi bakteriyalar xam amyobalarning ichak devoriga o'rnashib olishiga yordam beradi. Amyobalar ichak bezlari orqali shilimshiq parda tagidagi qatlamga o'tib, shu yerda ichak mikroflorasi bilan infeksiyalangan nekroz o'choqlarini hosil qiladi. Natijada ichakda yaralar paydo bo'ladi, amyobalar gematogen yo'l bilan tarqalganida esa jigar va boshqa organlar ham zararlanadi. Organizm amyoba allergenlari va kasalning autoallergenlari bilan sensibillanib borishini hisobga olib borish kerak. Amyobiazning avj olib borishida amyobalar virulentligi, kasallik yuqqan odamning shaxsiy xususiyatlari, hazm yo'lining ahvoli ham ahamiyatga ega. Amyobiaz va asoratlarining klinik jihatdan ifodalangan shakllari ko'pincha tropik va subtropik iqlim mintaqalarida uchraydiki, bu organizmning haddan tashqari qizib ketishi, suv va tuz almashinuvining izdan chiqib ketishi, aholining ovqatlanish va turmush sharoitlariga bog'liq bo'lsa ajab emas. Patologik anatomiyasi. Bakterial dizenteriyadan farq qilib, patologik jarayon asosan ko'richak sohasidan joy oladi. Sig'masimon ichak, yo'g'on ichakning, taloq va jigar yonidagi bukilmalari alohida-alohida zararlanishi xam mumkin. Kasallikning ilk bosqichida zararlangan ichak bo'limining shilliq pardasi o'rtasida sarg'ish-oq nuqtasi bo'ladigan qizg'ish rangli dog'lar ko'zga tashlanadi. Qasallik zo'rayib borgani sayin ichak shilliq pardasida diametri 1sm keladigan, yiringlab turgan bir talay yaralar yuzaga keladi, ularning chetlari juda qizarib ketgan, bir kadar o'yilgan bo'ladi. Amyoba dizenteriyasi mahalida ko'riladigan ana shunday yaralarni ko'pincha flaga yoki butilka shishaga o'xshatishadi, chunki bu yaraning shillik pardaga ochiladigan og'zi juda kichkina bo'ladi. Ichkarida asosan, shilliq parda tagidagi qavatda va bundan chuqurroqda nekrotik jarayon tarqalib boraveradi. Bu yaralarning tubi och yashil rangda bo'ladi. Faqat shilliq parda tagidagi qavatgacha tushib boradigan dizenteriya yaralaridan farq qilib, amyobiaz mahalidagi yaralar ichakning seroz qatlamigacha tushib borishga moyil bo'ladi. Shu narsa ichak teshilib, peritonit boshlanish xavfini tug'diradi. Yara sekinlik bilan chuqurlashib boradigan bo'lsa, qo'shni organlar va qorin pardasi o'rtasida bitishmalar paydo bo'lib, ichak teshilmay qolishi mumkin. Ichakning muskulli qatlami parezga uchraydi, shu munosabat bilan ichak yo'li kengayib turadi. Uncha tipik bo'lmagan hollarda yaralar bir-biriga qo'shilib ketadi (diffuz amyobiaz deb shuni aytiladi). Ichak devorida gangrenoz o'zgarishlar boshlanib, ichak devori juda shishib ketadi. Nekrotik massalar iriganida ichida yarim suyuq, kulrang-gungirt yoki jigarrangnamo (kon aralashgani uchun) moddalar bo'ladigan bo'shliqlar yuzaga keladi. Biriktiruvchi to'qima qatlamlarining qoldiqlari ana shunday bo'shliqlarning ichki yuzasini tukdor qilib ko'rsatadi yoki bulutsimon moddaga o'xshatib qo'yadi. Ikkilamchi bakterial infeksiyada chinakam abssesslar paydo bo'ladi. Ichak tayoqchasi va anaerob mikroblar yiringni juda ko'lansa hidli qilib qo'yadi. Abssesslar ancha katta bolaning boshidan va bundan ko'ra kattaroq bo'lib qolishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida shilliq pardada detrit, leykotsitlar va odatdagi ichak florasi bilan to'lib turgan rahnalar paydo bo'ladi. Fibrin topilmaydi. Yara tubining sohasida qisman parchalanib turgan amyobalarni ko'rish mumkin. Ichakdan ishlanib chiqadigan shilimshiqda amyobalar ko'p bo'ladi. Kasallik avj olib borgani sayin ichak shilimshig'i tobora quyuq, yopishqoq, qatlam-qatlam bo'lib boradi. Amyobiazda to'qimalar irishga moyil bo'ladiki, bu narsa kasallik jarayoniga o'ziga xos tus beradi. Hujayralarning kasallikka javoban ko'rsatadigan reaksiyasi sust ifodalangan bo'ladi. Amyobalarning patogen xossallarini yuzaga chiqaradigan litik fermentlar amyobalar o'lganidan keyin ajralib chiqishi elektron mikroskop bilan olib borilgan tekshirishlarda aniqlangan. Kasallikdan holi to'qima chegarasida amyobaning to'qimalarda yashaydigan shakllarini ko'rish mumkin, bular har xil kattalikda, soxta oyoqli bo'ladi. Vakuollashgan sitoplazmasida har xil kiritmalar, eritrotsitlar, boshqa hujayralarning parchalari ko'zga tashlanadi, lekin bakteriyalari bo'lmaydi. Noqulay sharoitlarda parazit sista oldi davriga o'tib, kichrayib qoladi. Sistalarning devori me'da shirasining hazm qiluvchi ta'siriga berilmaydi. Shu sababdan ham amyobalar pardasining yemirilishi faqat ko'richakda ko'riladi. Yaralar aksari bitib, asar qoldirmaydi yoki chandiqlanib bitadi. Ba'zan zararlangan ichak bo'limida chandiqlanib qolgan joylar kuzatiladi. Ingichka ichak amyobiaz bilan juda kamdan-kam zararlanadi, bunda asosan Peyerpilakchalari ham shikastlanadi. Klinik manzarasi. Bu kasallik birdan boshlanib, qaytalanib turadigan surunkali dard tusiga kirib boradi. Kasallikning o'tkir davrida bemorlar darmon qurib holsizlanishdan, ba'zan ishtaha pasayib ketgani, qorinda og'riq borligidan, bosh og'rib turishidan noliydi. Keyinchalik ich surib, odam kuniga 5 martadan 15 martagacha hojatga bora boshlaydi. Axlatda bir talay shilimshiq va qon bo'ladi, shuning uchun u go'sht seli tusiga kirib qoladi. Harorat ko'tarilmaydi yoki subfebril darajada bo'ladi, lekin 39° gacha ko'tarilishi mumkin. Surunkali amyobiaz uzoq davom etganida odam tinkasi kurib, ozib ketadi, gipovitaminoz, ba'zan kaxeksiya boshlanadi. Asoratlari ichakka aloqador va ichakdan tashqaridagi asoratlarga bo'linadi. Bularning birinchisi jumlasiga ichakdagi yaralarning teshilishi tufayli boshlangan peritonit, to'g'ri ichakning tashqariga chiqib qolishi, amyobaga aloqador appenditsit, ichakdan qon ketishi, ichakning torayib qolishi kiradi. Amyobalarning gematogen yo'l bilan ichakdan o'tishiga aloqador ikkinchi turdagi asoratlardan ko'pincha amyobalar tufayli boshlangan gepatit, o'tkir ichak amyobiazi mahalida boshlanadigan jigar abssessi kiradi. Amyobalar qopqa venasi bo'ylab tarqalib borib, jigarga yetishi va unda mayda yoki katta-katta abssesslar hosil kilishi mumkin. Lekin bular aslida abssesslar bo'lmay, balki nekroz o'choqlari bo'ladi. Ulardan chiqadigan yiring juda quyuq bo'lib, yumshab, shilimshiqsimon bo'lib qolgan to'qimaga o'xshab qoladi. Abssessning chetlarida sirrotik tarzda o'zgargan ancha keng joylar ko'zga tashlanadi. O'pka zararlanganida pnevmopatiya boshlanishi va abssesslar paydo bo'lishi mumkin. Amyobiazning ancha kam uchraydigan asoratlari jumlasiga metastatik miya abssesslari kiradi, bular nekroz o'choqlari va yumshab qolgan joylardan iborat bo'ladi, bunday joylarda hujayra reaksiyasi odamda uncha sezilmaydi va atrofdagi to'qima bilan o'rtadagi chegarada amyobalar topiladi. Taloq, limfa tugunlari, o't pufagi, qovuq, moyak, bo'g'imlar, bachadon bo'yni, qinda ham metastatik maddalar bo'lganligi tasvirlangan. Amyobalarning teriga ham o'tishi oralik sohasida yaralar paydo bo'lishiga olib keladi. Peritonit ham o'limga sabab bo'lishi mumkin.

Yüklə 32,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin