183
da qo‘llash fermentlarni oson cho‘ktirish va erituvchini kam miqdorda sarflash
uchun xizmat qiladi. rN ko‘rsatkichi izoelektrik nuqtadan chetga chiqsa, cho‘kma
unumi va ferment faolligi 30-50% gacha yo‘qotiladi.
Faol fermentni preparat yoki mo‘’tadil strukturali cho‘kma holida olish
uchun eritmada 10-12% atrofida quruq modda miqdori bo‘lishi kerak. Ko‘p
tadqiqotlardan
ma’lumki, fermentlarni cho‘ktirishda, ayniqsa proteolitik
fermentlarni, miqdori kam quruq moddaning eng optimal miqdori esa, 10% dan
ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yuqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan
aloqada bo‘lish muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to‘xtovsiz
ishlaydigan cho‘ktiruvchilarda ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir,
bu albatga ferment faolligini kamayishini oldini oladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish samaradorligi shu jarayonga
mo‘ljallangan uskunaga ham uzviy bog‘liqdir. Bunday uskunalar asosan ferment
eritmalarini qabul qilgich, to‘xtovsiz aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini
to‘xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va avtomatizatsiya tizimlaridan
tuzilgan bo‘ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi va erituvchi
murakkab harakat yo‘nalishi bo‘ylab qisqa vaqt ichida aralashib o‘tadi va natijada
hosil bo‘lgan aralashma separator qismiga uzatiladi. Separatorda cho‘kmaga
tushgan oqsil molekulalari ajratib olinadi. Bunday qurilmada ferment bilan
erituvchining aloqa muddati o‘n marotabagacha qisqartiriladi. Bunda fermentning
cho‘kmaga tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho‘kma
har xil usullar bilan mo‘’tadil sharoitda quritib olinadi. Cho‘kma tepasida qolgan
suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi bo‘ladi va u rektifikatsiya bo‘limida
regeneratsiya qilish uchun yuboriladi.
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish unumi produtsent o‘stirilgan ozuqa
muhiti tarkibiga va ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: