69
energiya manbai bo‘lib karbonsuvlar, organik kislotalar, spirtlar va boshqa metabolitlar
xizmat qiladilar.
Bu bakteriyalardan tashqari propion kislotasini shuningdek, Selenomonas va
Micromonospora va boshqa avlodga mansub bakteriyalar ham sintez qila oladilar.
Shulardan biri Micrococcus lactilyticus bakteriyasidir. Ular anaerob sharoitda
glyukozani, saxarozani, laktozani va pentozalarni, hamda laktat, malat, glitserin va
boshqa substratlarni bijg‘itib propion kislota hosil qila oladilar.
Propion
bakteriyalar
ishtirokida
shakarlarni
parchalashni
pirouzum
kislotasigacha bo‘lgan bosqichi Embden-Meyergof sxemasi asosida o‘tadi. Bijg‘ishni
boshlang‘ich mahsuloti bo‘lib, sut kislotasi ham -bo‘lishi mumkin. Bu holatda reaksiya
laktatdegidrogenaza fermenti ishtirokida amalga oshadi va natijada pirouzum kislotasi
hosil bo‘ladi. Keyin piruvat biotin-SO
2
kompleksi ishtirokida metilmalonil-KoA-
karboksitransferaza fermenti yordamida karboksillanadi va aksaloatsetatga aylanadi,
keyin malat va fumarat orqali suksinatgacha qaytariladi.
Bunda, fumaratreduktaza fermenti ATF ni regeneratsiyasida ishtirok etadi.
Undan keyin suksinat suksinil-KoA-transferaza fermenti ishtirokida KoA ga bog‘lanadi,
oqibatda suksinat faollashadi. Suksinil-KoA metilmalonil-KoA-mutaza fermenti ta’sirida
va koferment V
12
ishtirokida metilmalonil-KoA ga aylanadi. Mana shu oraliq
mahsulotdan SO
2
ajralib chiqadi. Natijada propionil-KoA hosil bo‘ladi, SO
2
esa
jarayonning dastlabki bosqichida faoliyat ko‘rsatayotgan metilmalonil-KoA-
karboksitransferaza fermentiga bog‘lanadi. Propionil-KoA dan KoA-transferaza fermenti
KoA ni suksinatga o‘tkazganligi oqibatida propionat hosil bo‘ladi.
Reaksiya muhitida propion kislotasi bilan bir vaqtda sirka kislotasi (u
piruvatdan hosil bo‘ladi) ham to‘planadi. Bijg‘ish jarayoni mo‘’tadil holatda
o‘tganda propion kislotasining sirka kislotasiga nisbati 9:1 ni tashkil etadi.
Propion kislotali bakteriyalarga xos bo‘lgan biokimyoviy xususiyatlardan biri
ularning tiamin, biotin va pantoten kislotasini sintez qila olmasliklaridir. Ma’lumki, bu
moddalar bijg‘ish jarayonini ta’minlovchi ferment tizimining faoliyat ko‘rsatishi
uchun eng kerakli moddalar hisoblanadilar. Bakteriyalar uchkarbon kislotasi
halqasiga kiruvchi barcha fermentlarni hamda elektron-transport zanjiriga kiruvchi
komponentlarni (degidrogenazalar, nogeminli temir, metaxinon
va sitoxromlarni)
saqlaydilar. Shuning uchun ham substratni fosforlashdan tashqari bakteriyalar sitoxromdan
elektronlarni ko‘chirib fumaratga o‘tkazuvchi va fumarat hosil qiluvchi oksidlanib,
fosforlantirish xususiyatiga ham ega.
Propion kilotali bakteriyalardan tashqari bunday yo‘l bilan bijg‘ish jarayonini
Veilonella alcalescens va Selenomonas ruminantium ham amalga oshirishi
mumkinligi kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: