P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
Savollar

1. Mikroorganizmlar sistematikasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Mikroorganizmlarni sistematikaga tasnifga solishda qaysi hususiyatlarga 
e’tibor beriladi? 
3. Mikroorganizmlarning sinflari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Spiroxetalar qaerlarda ko‘proq tarqalgan? 
5. Aeropspirial va vibrionsimon bakteriyalar haqida nimalarni bilasiz? 
6. Azotobakteriyalarning tuzilishini tushuntiring. 
 
2.2. Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi 


 38 
Hozirgi vaqtda viruslar Vira olamiga birlashtirilgan. Viruslarni o‘rganuvchi 
fanga birinchi bo‘lib, L.Ivanovskiy (1892) asos solgan bo‘lib, hozirda bu fan 
virusologiya deb ataladi. Viruslar barcha tirik organizmlarda kasallik qo‘zg‘atadi. 
Viruslar qachon va qanday paydo bo‘lganligi noma’lum, ammo har xil gipotezalar 
mavjud. Hozirgi kunda viruslarga quyidagi ta’rif beriladi.”Viruslar o‘ta kichik 
organizm – mikroorganizm ham bo‘lmagan, mineral organizmlar bo‘lgan 
mikroplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o‘z oqsilsintezlovchi sistemalariga 
ham ega bo‘lmagan, nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog‘liq 
bo‘lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturalar bo‘lib, 
tabiatning mikroskopik molekulalarga yaqin qilib yaratgan, o‘ziga xos parazitlik 
qilib yashaydigan, xilma-xil, ko‘p sonli guruhlarga ega va Vira olamiga birlashgan 
hayotning hujayrasiz formasidir”. 
Viruslar virusologiyada o‘rganiladigan mustaqil fan bo‘lib, o‘z ob’ekti 
va tadqiqot metodlariga ega. umumiy virusologiya viruslarning tabiati, ularni 
tuzilishi, ko‘payishi, sistematikasi, biokimyosi, genetikasini o‘rganadi. Tabiiy, 
veterenariya va qishloq xo‘jaligi virusologiyalari esa viruslarni patogenligi, ularni 
yuqumliligi, profilaktikasi, diagnostikasi va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklarni 
davolashni o‘rganadi. (Jdanov V.M., 1990. Internet ma’lumotlari, 2012 yy.) 
1886 yili nemis olimi Adolf Mayer Gollandiyada tamaki o‘simligida 
uchraydigan mozaika kasalligini o‘rganadi. U o‘z ishlari natijasida tamaki 
o‘simligida kasallikni vujudga keltiruvchi mikroorganizm nihoyatda mayda 
ekanligini va hatto bakterial filtrlardan ham o‘tib ketishini ko‘rsatib beradi. Uning bu 
ishlarini Beyerink o‘z tajribalari asosida tasdiqlaydi.
Tamaki o‘simligining virus zarrachasida 5% RNK va 95% oqsil bo‘ladi. Lekin, 
rangli karamda uchraydigan mozaikada va ko‘pgina hayvonlarda uchraydigan 
viruslarda va bakteriofaglarda DNK ham uchrashini Shlizinger 1934 yilda ko‘rsatgan 
edi. 
Viruslar biologik mikroskopda ko‘rinmaydi, sun’iy ozuqa muhitida o‘smaydi, 
faqat o‘simlik, hayvon, odam organizmiga o‘zini tirikligini namoyon etadi. Ularning 
faqat elektron mikroskop orqali kuzatish mumkin. 
Traxoma, qizamik, quturish, chinchechak, suvchechak, poliomielit, gripp va 
ko‘pgina boshqa kasalliklar viruslar orqali vujudga keladi. Virusli kasalliklar 
natijasida ko‘pgina hayvonlar zararlanadi, madaniy o‘simliklarning hosili kamayib 
ketadi. Bunda o‘simliklar bargi yemiriladi, rangi oqarib, buralib, burishib, bo‘yi 
o‘smay, pakana bo‘lib qoladi, ba’zan esa gipokotili va ildizlari ham zararlanadi. 
O‘simliklarda viruslar sfera yoki tayoqcha shaklidagi oqsilli qobiq va uning 
ichida joylashgan nuklein kislotadan iborat bo‘ladi. Nuklein kislota miqdori 15-45% 
atrofida, spiral simmetriyalilarda 5%, batsillalarga o‘xshashlarida 1% ga yaqin; ba’zi 
vakillarida 20% ga yaqin lipidlar ham uchraydi. Bulardan tashqari virus kristallarida 
50% ga yaqin suv ham bo‘ladi. 
Tamaki o‘simligi mozaikasi virusi tayoqcha shaklidagi nukleproteid bo‘lib, 
hujayradan tashqaridagi virus virion (hujayra ichidagisi vegetativ qurollangan 
virus) deb ataladi. Virionlar boshqa organizmlarga kirgandan so‘ng o‘zining 
tirikligini namoyon qiladi. Tamaki o‘simligini zararlangan barglarda kristallarni 


 39 
ko‘rish mumkin. Bu kristallar yaxshi eriydi. Ularni amorf holda ajratib olish mumkin, 
nihoyat qaytadan kristallar hosil qilish ham mumkin. Har bir kristall millionlab 
virus zarrachasidan iborat bo‘lib, virionning massasi 40*10

daltonga teng bo‘lgan 
molekulyar massaga ega bo‘lgan ribonuklein kislotadan va oqsilli qobiqdan iborat 
bo‘lib, bu qobiq kapsid deb ataladi (grekcha kapsa - quti demakdir). 
Oqsilli kapsid monomerlardan iborat, ular kapsomerlar deb ataladi. Har bir 
virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo‘ladi (masalan, poliomielit virusida 32 
ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud). 
Kapsid bilan o‘ralgan nuklein kislota nukleokapsid deb ataladi. Ba’zi kapsidlar 
ustidan qobiq bilan o‘raladi, bu qobiq peplos deb atalib, u peplomerlardan iborat. 
Ba’zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo‘lsa, boshqalarida esa hatto 
o‘simtalar lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi. 
1955 yilda X.Frenkel-Konrat va R.Uilyams tamaki mozaikasi virusidan 
RNK ni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar va uni sog‘lom tamaki o‘simligiga 
yuqtirilganda, tamakida mozaika alomati hosil bo‘lganligini kuzatadilar. Tamaki 
o‘simligining virusi nukleoproteid bo‘lib, nuklein kislotasini mm 2*10
6
doqsilining molekulyar massasi 18000 D; uzunligi 3000 A, eni 180 A, uzunligi 
eniga nisbatan 17 marta katta, 158 ta aminokislota qoldig‘idan iboratligi 
aniqlangan.
Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda RNK yoki DNK uchraydi. Masalan, 
poliomielit virusi RNK va oqsildan iborat, gripp virusi RNK, oqsil, lipid va 
uglevoddardan tashkil topgan. 
Viruslar noqulay faktorlarga ancha chidamlidir. Masalan, kartoshka 
o‘simligining virusi rN 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o‘simligining virusi 
hatto rN 2 dan past bo‘lsa ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga chidamliligi 
rN ga bog‘liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi rN 7 bo‘lganda, 
82°S da parchalansa, tomat shtammi 96-9 8°S issiqlikdagina faolligini yo‘qotadi, eng 
chidamli bo‘lgan no‘xatning S-1 virusi 108°S da qisman inaktivatsiyaga uchraydi. 
Ko‘pchilik viruslar past temperaturaga ham chidamli bo‘ladi. Masalan, gripp 
virusi - 70°S da 6 oy, psittakoz virusi bir yilgacha chidasa, xona xaroratida bir necha 
kun ichida nobud bo‘ladi. 
Agar juda tez (vakuumda) quritilsa, ko‘pchilik viruslar uzoq muddat 
chidamli bo‘ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib, besh yil saqlash 
mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi, chunki nuklein 
kislotalar bu nurlarni ko‘p yutadi. 
Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi 
chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o‘ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan
o‘lchanadi. 
 
Savollar

1. Viruslar haqidagi fan qanday nomlanadi? 
2. D.I.Ivanovskiy tajribalari haqida nimalarni bilasiz? 
3. Viruslarni qanday o‘rganish mumkin? 
4. O‘simlik virusi bilan hayvon virusining farqi nimada? 
5. O‘simlik virusining tuzilishi va tarkibi qanday? 


 40 
6. Hayvon virusi qanday tarqaladi? 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin