Qon so’ruvchi chivinlar
(Culicidae) oilasi vakillarining og’iz organlari
sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan, erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg’ochilari
esa qon so’radi. Chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan xovuz va ko’lmak suvlarga,
binolarning suv bosgan erto’lalariga, nam va zax tuproqlarga, xatto suvli bochkalarga
qo’yadi. Lichinkalari atmosfera xavosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning
4-6 nasli rivojlanishi mumkin.
Chivinlarning xid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter xidini va nafas
olganda chiqadigan SO
2
gazi konsentrasiyasining o’zgarishini yaxshi sezadi.
Chivinlar juda serharakat xasharotlar. Ular qon so’rish uchun bir necha km masofaga
ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi
kuzatilgan. Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kovagi, erto’lalar va o’tlar orasida
yashirinib yotadi. Kun botgandan keyin faol harakat qilib qon so’rishga o’tadi.
Chivinlarning bir qancha oilasi bo’lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo’lgani
Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o’z ichiga oladi, bularning ko’pchiligi obligat
gematofaglardir. Mamlakatimiz xududida Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga
kiradigan turlari uchraydi. Anopheles avlodiga kiradiganlarni bezgak chivinlari
deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi.
Culex avlodiga kiradiganlarni esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak chivinlarning
tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi
qo’zg’atuvchilarining o’ziga xos tarqatuvchisidir.
Bezgak chivini uzun va ingichka bo’lib, bosh, ko’krak va qorin qismlaridan
iborat. Bosh qismida mo’ylovlari va ko’zlaridan tashqari og’iz apparati joylashgan.
Urg’ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo’lgani uchun uning og’iz qismlari
sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o’simlik shiralari bilan oziqlanadi,
shunga ko’ra ularning og’iz apparati so’ruvchi tipda bo’ladi.
Chivinlarning juftlashishi xavoda bo’ladi. Juftlashib bo’lganidan keyin,
urg’ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so’radi. qon so’rishda ular odam, uy va
yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 minut davomida gavdasining og’irligidan ham
ko’proq qonni so’rib oladi. SHundan keyin urg’ochi chivinlar qorong’u joyga
o’rnashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini xazm qiladi.
Tuxumlar etilgandan keyin urg’ochi chivinlar ko’lmak suvlarga uchib boradi
va suv ustiga yoki suv o’simliklariga qo’nib tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgan
98
chivinlarning bir qismi o’ladi, qolganlari esa yana qon so’rib, tuxum qo’yishga
kirishadi. Bezgak chivini o’z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo’yadi. Boshqa
chivinlarga qarshi o’laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan
tarqoq xolda qo’yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv
yuzasiga g’uj-g’uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to’plami qayiqchaga o’xshab
ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida tuxumdagi lichinkalar etiladi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh, ko’krak va qorin qismlari yaqqol
ajralib turadi. Har xil chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va
biologik xususiyatlariga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Lichinkalar to’rt marta tullab,
g’umbaklarga aylanadi. G’umbaklardagi nafas olish naylarining shakliga qarab
bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas olish naylari konussimon
bo’lib, go’yo karnaycha ko’rinishida bo’ladi. G’umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum
qo’yishdan boshlab imago chiqquncha bo’lgan rivojlanish davri tashqi muhitga qarab
14-30 kun davom etadi.
Culex
avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan
transmissiv kasalliklarining chaqiruvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim
orolida, SHimoliy Xitoy va Uzoq SHarqda Culex chivinlari og’ir virus kasalligi -
yapon ensefalitini tarqatadi.
Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og’ir tropik kasallik
qo’zg’atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi. Ularning tuzilish va rivojlanishi bezgak
chivinlariniki o’xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi. 1. Urg’ochi oddiy
chivinlarning voyaga etgan davrida pastki jag’ paypaslagichlari kalta bo’lib,
xartumining 1/3 qismini egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag’ paypaslagichlari
xartumiga teng bo’ladi. Erkaklarining pastki jag’ paypaslagichlari oddiy va bezgak
chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirigi bo’g’imi kengaymagan
bo’lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari erkaklarining mo’ylovlari
sertuk bo’ladi. 2. Bezgak chivinlarining oyog’i tanasidan ikki baravar uzunroq
bo’ladi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko’kragining o’rta bo’g’imida joylashgan
bir juft qanotida qoramtir to’rtta dog’i bo’lib, bu dog’lar zich joylashgan
tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dog’lari bo’lmaydi. 3. Bezgak
chivinlari qo’nib turganda qorin qismini ko’tarib burchak xosil qilib turadi, oddiy
chivinlar bo’lsa, parallel xolda qo’nadi. 4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini
o’zlari rivojlanib chiqqan, kislorodga boy, toza suv xavzalariga qo’yadi, oddiy
chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo’q, suv bo’lsa etarli, xatto
yomg’irlardan qolgan ko’lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo’yishi
mumkin. 5. Culex chivinlarining tuxumida xavo kamerasi bo’lmaydi, shuning uchun
u tuxumini bir-biriga tik aylana o’qi bo’yicha yopishgan xolda qo’yadi. Natijada
qayiqchaga o’xshash 200-400 tadan bo’lgan tuxumlar to’plamini xosil qiladi. Bunday
xolda tuxumlar cho’kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli,
zax joylardagi substratlarga qo’yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib
qolayotgan suv xavzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar bir
yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va
rivojlanadi. 6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga
nisbatan burchak xosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan xosil
bo’lgan tana o’simtasida - sifonda joylashgan bo’ladi. SHu sababdan, lichinkalar
99
suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi.
Bezgak chivinining lichinkalari suv yuzasida yashab va shu joydagi mayda
zarrachalar va mikroorganizmlar bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa
suv qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi. 7. Oddiy chivinning g’umbaklaridagi
nafas olish nayi silindr shaklida bo’ladi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir.
Bundan tashqari chivinlar parazit nematodalardan - filyariyalarning rivojlanish
siklida ham oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |