Qoramol tasmasimoni (Taeniarhynchus saginatus)
asosan odamning
ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi. Parazitning tana uzunligi 4-10
metrgacha boradi. Eni esa 12-14 mm atrofida bo’ladi. Gavdasi bosh (skoleks), bo’yin
va mingga yaqin proglottidalardan iborat. Skoleksida 4 ta so’rg’ichi bo’ladi.
So’rg’ichlari o’rtasida rudiment ko’rinishidagi xartumi bo’lib, unda xitinli
ilmoqchalar bo’lmaydi. SHuning uchun ham qoramol tasmasimoni qurollanmagan
tasmasimon ham deyiladi.
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo’g’imdan paydo bo’la boshlaydi.
Germafrodit bo’g’imlarida avval erkaklik, so’ngra urg’ochilik jinsiy a’zolari etiladi.
Urug’donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki
bo’lakli.
Gavdasining oxiridagi etuk bo’g’imlarda bachadon shoxlangan va asosiy
bachadon o’qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o’simtalar o’sib chiqadi. Bu
o’simtalar o’z navbatida yana shoxlanib butun proglottid yuzasini egallab oladi. Eng
oxirgi etilgan proglottidaning uzunligi 16-20 mm, eni esa 4-7 mm bo’lib, ular
strobiladan yakka-yakka ajralib tashqi muhitga chiqadi.
Qoramol tasmasimonining lichinkalik stadiyasi-sistiserk ham parazitlik qilib
hayot kechiradi. Sistiserkning shakli ovalsimon ko’rinishda, no’xat kattaligiday
bo’ladi. Uning ichida 4 ta so’rg’ichli skoleksi joylashgan. Sistiserk qoramollarning
go’shti orasida yashaydi va finna deyiladi. Demak, qoramol tasmasimoni biogel’mint
bo’lib, odam bu parazitning yagona asosiy xo’jayini hisoblanadi. qoramol, bo’yvol,
zebu va qo’toslar esa oraliq xo’jayinlardir.
Odamlar asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan finnali mol
go’shtini iste’mol qilganda bu parazitni o’zlariga yuqtiradi.
Odam organizmiga tushgan sistiserkning po’sti oshqozon shirasi hamda o’t
suyuqligi ta’sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so’rg’ichlari yordamida ichak
devoriga yopishib rivojlana boshlaydi, hamda 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga etadi.
Oxirgi etilgan harakatchan bo’g’imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam
organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600
mln.gacha, umri davomida esa 11 milliardgacha tuxum qo’yadi.
46
Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari
J.K.SHtrom va F.F.Tolizin tomonidan chuqur o’rganilgan. Bu olimlar o’z hayotlarini
xavf ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va
organizmga ko’rsatadigan ta’sirini o’zlarida tajriba o’tkazib sinab ko’rishgan.
Ularning olib borgan tajribalariga (1947 y.) ko’ra parazitning etilgan bo’g’imlari
xo’jayin ichagidan har kuni 10-11 bo’g’im aloxida-aloxida tashqariga chiqadi. Bitta
bo’g’imda 145-175 mingtagacha tuxum bo’ladi.
Qoramol tasmasimonining etuk proglottidalari odam axlati orqali tashqi
muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta’sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli
lichinkasi (onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga etgan parazit bir
kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 milliontagacha
tuxum chiqaradi.
Qoramollar em-xashak, suv va ba’zan odamning najasini iste’mol qilishi orqali
parazit tuxumini o’ziga yuqtiradi.
Mollar oshqozonida shiralar ta’sirida parazit tuxumining po’sti erib ketadi va
undan chiqqan lichinka-onkosfera ilmoqchalari yordamida me’da yoki ichak
devorlarini teshib qon tomiriga o’tadi. qon bilan organizmga tarqaladi va skelet
muskullari, yurak, ko’z, bosh miya va boshqa organlarda o’rnashib rivojlanadi.
Ma’lum vaqtdan keyin, ya’ni 4-6 oydan keyin no’xat kattaligidagi pufaksimon
shaklga aylanadi. Bu davrni finna, u keltiradigan kasallikni esa finnoz deyiladi.
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga etgan davrini teniarinxus
(Taeniarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligini esa teniarinxoz deyiladi.
Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) xosil qiladigan kasallikni esa sistiserkoz deb
ataladi. Bundan ko’rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan
esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz er yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika,
Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik bilan ko’proq
kasallanadi. MDXda teniarinxoz Kavkaz ortida, O’rta Osiyo respublikalarida,
qozog’istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko’proq uchraydi. O’zbekistonda
bu kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati axolisi o’rtasida keng tarqalgan (13%). Buning
asosiy sababi, bu erda maxalliy axoli o’rtasida milliy taom qiyma mol go’shtidan
tayyorlangan "ijjan"ning (piyoz va garmdori qo’shilgan xom qiyma mol go’shtining)
keng iste’mol qilinishidir.
Sistiserkoz kasalligi qoramollarda uchrab chorvachilikka katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Chunki sistiserkoz bilan zararlangan go’shtning narxi past bo’ladi. Bunday
go’shtlar faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Agarda mol sistiserkoz bilan kuchli zararlangan bo’lsa, bunday go’sht iste’mol
qilishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday mollarning bir qismi kasallikning boshlanishi
davrida xalok bo’ladi. qoramollarning sistiserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa,
xonadonlarda boqiladigan shaxsiy mollarda ko’proq uchraydi. Chunki, ba’zi
xonadonlarda xojatxonalarning yo’qligi, agarda bo’lsa ham sanitariya qoidalariga
javob bermasligidandir.
Umuman,
odamlardagi
teniarinxoz
va
qoramollardagi
sistiserkoz
kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini
tugatish kerak. Buning uchun axoli o’rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar
47
olib borish, kasallikning bor-yo’qligini aniqlash lozim. Bemorlarni bo’lsa tezda
davolash kerak. Teniarinxoz bilan kasallangan odamlarni fenasal, oshqovoq urug’i
berib davolash kerak.
Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun axoli yashaydigan
hamma joylarda yopiq tipdagi xojatxonalar bo’lishi va uni toza xolda saqlash lozim.
Qoramol go’shti qushxonalarda veterinariya nazoratidan o’tkazilishi kerak.
Xom yoki chala pishgan qoramol go’shtini emaslik, xom qiymani tatib ko’rmaslik
kerak.
Dostları ilə paylaş: |