qonuni qabul qilinishi bo'ldi. Chunki bu qonun insonning asosiy ma'naviy-insoniy
xuquqi fikr erkinligini qonuniy kafolatlagan edi. Shuning uchun ma'naviy-insoniy
qadriyatlarning asosi bo'lgan insonning o'zligini anglash fikr erkinligini anglashdan
boshlanadi. Fikrni – inson miyasida ma'nolarning o'zaro bog'lantirilishi va
rivojlantirilishi desak ham bo'ladi. Fikr haqida fikrning quvvati – uning ilmiyligi,
chuqurligi, fikrning ziynati – ezgu niyat, maqsadga bag'ishlanganligi, kengligi –
keng qamrovliligi, sofligi-pokligi, aniq sohaga yo'nalganligi mavjud.
Mustaqillik, erkinlik, bunyodkorlik asosan ijodiy, amaliy, nazariy
tashabbusda namoyon bo'ladi. Tashabbus iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning,
insonlarning yangi talabiga mos keladigan moddiy, ma'naviy mahsulotlar
yaratishga qaratilgan taklif, g'oya, fikr yoki amaliy jarayondir. Biror sohada
tashabbus ko'rsatish uchun har kishi o'zi faoliyat ko'rsatayotgan sohani mukammal
bilishi, bu sohani mahsuliy jarayonida nimalar taraqqiyotga, rivojlanishga,
mahsulot sifati, turi, narxiga to'siq bo'layotganini aniq bilishi bu kamchiliklarni
tugatishga qaratilgan aniq texnologiya g'oya, amaliy takliflarga ega bo'lishi lozim.
Tashabbuskorlik sifati insonlarning ichki faollik omillari: birinchidan, har bir
kishining o'z qiziqishi, o'quv qobiliyatiga mos hayot yo'lini topish orqali o'z qadrini
ro'yobga chiqarish bo'lsa, ikkinchidan shaxsiy manfaatdorlik, shaxsiy mulkning
faqat moddiy emas, balki ma'naviy qadriyatlarni ishga tushirish orqali o'zini va
davlat, jamiyat va olamni takomillashtirishga hissa qo'shishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: