21
sun’iy tolalar, cho‘chqaxonalardan zaharli va sezilarli darajada
bakterial ifloslar bo‘ladi. Har xil turdagi organik va mineral
moddalar bilan ifloslangan oqova suvlarda moddalar erigan,
kolloidli, suspenziyali va erimagan modda holatlarida bo‘lishi
mumkin.
Oqova suvlar ifloslanish darajasi konsepsiyasi bo‘yicha
aniqlanadi, ya’ni bir birlikda suv miqdoriga ifloslarning massasi,
mg/1; gramm/m.kub. O‘lchamlarida. Oqova suv miqdori — oqova
suv hajmining vaqt birligiga nisbati bilan aniqlanadi, m.kub/ sut;
m.kub/soat; litr/sek.
Yomg‘ir oqova suvlari, asosan, mineral moddalar bilan va kam
miqdorda organik moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Yomg‘ir
oqova suv miqdori shahar qurilish maydonidagi maishiy-xo‘jalik
oqova suvlaridan 50—150 barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalari maydonlaridagi yomg‘ir oqova suv tarkibida
sanoat korxonalariga tegishli chiqindi va tashlandiqlar bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: