6
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy
asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan
boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021
yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining
yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga
kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha
keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat
rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning
strategik dasturi belgilab berilgan.
Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish,
sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov
qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni
davom ettirish bilan tavsiflanadi.
Ta'kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan
holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur
bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida ko‘rib
tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham
mumkin.
Zamonaviy tarixni o‘rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta'sir
ko‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu
voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli
qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy
jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‘lgan savollar.
Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va
kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: