O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
emasligi. Ushbu kamchiliklar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu borada Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmon 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradi. O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta
asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:
ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;
kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va