O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 16- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#144612
1   2   3   4   5   6
Rasulova Sevara Choriyorovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
16-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.02.2023
Jarqo`ton yodgorligini O~zbekiston hududidagi ilk shahr-davlat shaklidagi siyosiy 
tuzilma ekanligiga quyidagi asosiy 7 ta ilmiy xulosaga kelinadi. Xususan, 
Birinchidan, Jarqo`ton yodgorligi topografik jihatdan Qadimgi Sharq shahr-
davlatlariga monand.Uning aholisi hunarmandchilik, me`morchilik, zargarchilik, 
metallsozlik va san`at sohasidagi erishgan yutuqlari bilan Qadimgi Sharq Shahar-
davlatlari aholisi bilan bir xil rivojlanish darajasida bo`lgan. 
Ikkinchidan, 
Jarqo`ton 
shahr-davlatining 
boshqaruvi 
“Jarqo`ton 
olov 
ibodatxonasi”da joylashgan. 6-tepalikda joylashgan monumental inshoot nafaqat 
ibodatxona, balki saroy-ibodatxona vazifasini o`tagan. 
Uchinchidan, ilk davlatlarning shakllanishi bilan dinning ham markazlashuv 
jarayonining kechishi tabiiy holdir albatta. Jarqo`ton saroy-ibodatxonasining bunyod 
etilishi bu fikrning isbotidir. Shu bilan bir qatorda jamoalar sig`inib kelgan din 
ko`rinishlari ham saqlanib qolaveradi. Bronza davrida zoolatirik va ajdodlar ruhiga 
ibodat kabi din turlarining rivojlanganligi Jarqo`tondan topilga ashyoviy manbalar 
asosida kuzatildi. 
To`rtinchidan, sivilizatsiyaning asosiy ko`rinishi bo`lgan yozuv ham Sopolli 
madaniyati davrida kashf etildi. Bu piktografik belgili yozuv bo`lib, Jarqo`ton 
sopollarida shunday belgilarning 52 ta xili kuzatilgan.bu belgilarning tarqalish hududi 
ancha keng bo`lib, O`rta Osiyoning janubi, Shimoliy Afg`oniston MArkaziy va Shimoliy 
Eron bronza davri yodgorliklarida uchraydi va biri-biriga o`xshashligi bilan 
xarakterlanadi. 
Beshinchidan, shaxsiy mulk va davlatchilik arxeologik belgisi sifatida e`tirof 
etilayotgan sopolli madaniyati muxrlari birinchi marta klassifikatsiya qilindi. 
Oltinchidan, sopolli madaniyati aholisi ham xalqaro aloqalarga asos slogan 
xalqdir. Xarappa, Qadimgi Eron va Andronova madaniyatlari bilan bevosita, Suriya, 
Xett, Mesopatamiya bilan bilvosita madaniy aloqada bo`lganligi yangi ashyoviy 
manbalar asosida isbotlab berildi. 
Yettinchidan esa, sopolli madaniyati aholisi Anov-Namozgoh, Murg`ob, Dashtli, 
Markaziy va Shimoliy Eron aholisi bilan yagona etnik guruhni tashkil etgan xalqlardir. 
[Shaydullayev,2009] 
Shu o`rinda aytish lozimki, Bahodir Eshovning risolasida Sopolli madaniyatining 
obektlariga “qishloq” deya ta`rif berilgan bo`lib, bu madaniyatning ibtidosi neolit 
davrida “hisorlik” ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog` va 
Ko`hitanggacha bo`lgan tog` oldi va tog`li hududlarni o`zlashtirish jarayonidan 
boshlaydi. Bronza davrida esa bu hududlar boshqa ko`rinishga ega bo`lgan hamda 
o`ziga xos xo`jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlagan. Miloddan 
avvalgi II mingyillikning II choragida Amudaryoning o`ng qirg`og`ida, aniqrog`i uning 
g`arbiy qismida Sopollitepa ko`rinishidagi dastlabki mustahkam qishloqlar paydo 
bo`ldi. Ushbu qishloqlar bu hududlarda rivojlangan butunlay yangi ko`rinishdagi 
qishloqlar bo`lib, neolit davri (Hisor madaniyati) makonlaridan ajralib turadi. 
Muallifning xulosasiga ko`ra, Amudaryoning o`ng qirg`og`iga shakllangan Sopollitepa 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin