O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#109716
1   2   3
Xayitboyev Nabijon Sheralievich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
Bola o‘zida harakatga kuchli ehtiyoj sezadi, biroq bu harakat maqsadsiz va 
tasodifiy bo‘lib qolmasligi uchun tarbiyachining maqsadga yo‘naltiruvchi rahbarligi 
zarur. Bolaga o‘z vaqtida qiziqarli faoliyatni taklif etish, uning faoliyatini vaqti-vaqti 
bilan chetdan yo‘naltirib, vaqtni me’yorlab turishi zarur. 
Bola mustaqil shug‘ullanar ekan, diqqatni o‘zini qiziqtiruv- chi, maqsadga eltuvchi 
harakatlarga qaratadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirgach, harakat usullarini 
o‘zgartiradi, ularni solishti- radi va eng maqsadga muvofig‘ini tanlaydi. Shunday ekan, 
bu jarayon fikr yuririshni, qat’iylikni, maqsadga intiluvchanlikni faollashtiradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari oldida kichkintoylarning kundalik hayotini 
maroqli tashkil etish vazifasi turadi. Shunday qilish kerakki, bolalar har kuni faol(aniq) 
harakat qilish im- koniyatiga ega bo‘lsinlar. Bolalar ixtiyorida ularning rang-ba rang 
harakatli faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi jismoniy inventarlar o‘yin vositalari bo‘lishi 
lozim. Masalan, bolalar “Den- gizchilar” o‘yinini o‘ynasalar, ularga narvon, arqon va 
shunga o‘xshash narsalar kerak bo‘ladi. Mustaqil harakatli faoliyat bolalarning harakat 
qobilyatlarini qo‘zg‘atadi, harakatning yangi turlarini egallab olishga yordam beradi. 
Guruh joylarini hamda sayr maydonlarini kerakli uskunalar bilan maqsadga 
muvofiq ravishda jihozlash zarur. Bu jihozlarni bolalarning harakat faolligini 
oshirishga yordam beradigan tarzda joylashtirish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerak. 
Bolalar ixtiyoriga bir yo‘la barcha jismoniy inventarlarni berib qo‘ymasdan, ularni 
vaqti-vaqti bilan almashtirib turish zarur. 
Jismoniy tarbiyaga kundalik pedagogik rahbarlikni amal- ga oshir ganda bolalar 
faoliyatini haddan tashqari chegaralab qo‘ymaslik lozim. Ularga ko‘proq mustaqillik 
berib, bundan bolalarning harakat qobilyatini o‘stirishga, tashkilotchilik iste’dodlarini 
rivojlantirishga intilish zarur. O‘yinlarda tarbiya- chining ham ishtirok etishi maqsadga 
muvofiqdir: kattalarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi bolalarning harakat faoliyatiga 
qiziqishini oshirishga yordam beradi, butun guruh harakatini uning ishiga 
aralashmasdan ustalik bilan kuzatib turish va har bir bolaning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga 
solib turish imkonini beradi. 
Tarbiyachi faol harakatlarni dam olish bilan oqilona almashinib turishini 
ta’minlash maqsadida butun guruh faoliyatini kun bo‘yi kuzatib boradi: bunda u rasm 
chizib, kitob o‘qib, shashka o‘ynab charchagan bolalarni harakatli o‘yinlarga, qiziqarli 
sport o‘yinlariga jalb qilish imkoniyatlarini qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi. 
Uzoq vaqt velosipedda yurgan, chilvirda sakragan bolalarning diqqatini sinf-sinf o‘yini 
singari sokin o‘yinlarga tortadi. 
Bolalarning mustaqil harakatini faollashtirishga mohirlik bilan pedagogik 
rahbarlik qilinganda bolalarning harakat imkoniyatlari ortadi. Bu esa o‘z navbatida 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida dastur materiallarini muvaffaqiyatli o‘tish uchun 
imkoniyat yaratadi.Bolalarning mustaqil harakat faoliyatida qoidali harakatli o‘yinlar 
katta o‘rin tutishi lozim; ular ijodiy tashabbusni, tash- kilotchilik malakalarini 
rivojlantiradi, o‘yin ishtrokchilari xat- ti-harakatlarini va qoidalarining bajarilishini 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin