O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Shuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo`yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə7/18
tarix16.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#55581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
5-mavzu

Shuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo`yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi.

Insonparvarlik tamoyili asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo`liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo`lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo`mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi

Parlament tizimi

PARLAMENT (fr. parler – so`zlashmoq, gapirmoq) – demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Ilk bor XIII asrda Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, keyingi asrlarda boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.

Parlament qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. U qonun bo`yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo`lib, hududiy saylov okruglari bo`yicha, odatda, ko`ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to`lgan fuqarolardan saylanadi.

Parlament turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Rossiyada – Davlat Dumasi, Ukrainada – Rada, Serbiyada – Skupshina, Shvetsiyada – Rikstag, AQShda – Kongress, Isroilda – Knesset, Mo`g`ulistonda – Xalq Xurali, Afg`onistonda – Xalq Jirg`asi, Ozarbayjonda – Milliy Majlis, O`zbekistonda esa Oliy Majlis.

OLIY KENGASh – O`zbekistonda 1990-1994 yillar mobaynida qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan oliy vakillik organi.

Bu organ 1925-1989 yillarda «Oliy Sovet» deb yuritilgan. 1989 yil 21 oktyabrda O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan uning nomi «Oliy Kengash»ga o`zgartiriladi.



O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-1994 yillardagi besh yillik faoliyati davomida jami 16 ta sessiya o`tkazdi va unda O`zbekistonning chin ma’nodagi mustaqilligiga asos bo`lgan qator qonunlar, kodekslar va oliy qonunimiz bo`lmish Konstitutsiyamizni qabul qildi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin