(7-q.)
Soliq toʻlovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani
xedjirlash operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash
operatsiyasiga doir bitimni tuzish sanasida soliq toʻlovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda
ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki
xedjirlash obyekti boshqa koʻrsatkichining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan noxush oqibatlarni
kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi maʼlumotnomani tuzadi.
(8-q.)
Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy
vositalari bilan bogʻliq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday maʼlumotnoma ushbu
bitimlar majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga koʻra tuziladi.
Dostları ilə paylaş: