7.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY ÒZGARISHLAR
Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu

muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli,
to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘lib, uning asosiy
g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini
topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga,
takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan
vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlari yili”
deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish,
jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil
insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad
qilib belgilandi.
“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123
milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi.
SHu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4
million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “
Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib
tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil
“Oila yili” deb e’lon qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi
kompleks mazmunga ega bo‘lib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbirni o‘z ichiga oladi.
1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. SHu sababli 1999-yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog‘ligi, xususan, onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga “Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo‘lishi va taraqqiy etishining birinchi sharti – aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bog‘liqdir. 2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20 mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi