O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar



Yüklə 38,83 Kb.
tarix13.08.2023
ölçüsü38,83 Kb.
#139295
6-семинар учун


O’zbekistonning eng yangi tarixi fani bo’yicha
6-seminar mashg’uloti
Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
REJA:

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.

  2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.

  3. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish

  4. Хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish.

  5. Тa’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

  6. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

  7. O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.. 


Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur 
sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, 
dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning 
barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab 
beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki 
byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha ish haqi 
mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich 
ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari 
xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya 
suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan. 
Mamlakatimizda aholi bandligini taminlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning 
muhim sharti sifatida belgilangan. 
Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar 
bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining 
ijtimoiy muhofazasini taminlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. 
Milliy mehnat bozorining etiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar 
hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim 
milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700 
mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha 
nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda 
ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
“Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy 
ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan 
bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi 
bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ishga 
solishimiz lozim”. SHavkat Mirziyoev 

Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da, 
o‘tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini 
yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi 
eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi 
rasmiyatchilik bilan bog‘liq.Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol 
siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o‘rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni 
va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan taminlash, tadbirkorlik 
faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.YAigi 
ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususai, 
mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil 
etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 
yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo’qon» va 
«Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva-
sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va 
qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik 
jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, 
mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa 
yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish 
o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. 
2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori 
talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa 
muddatli trening va o‘kuv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim 
muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini 
litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan 
nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish 
bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.SHuningdek, 
Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini 
qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-
joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda 
tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta 
ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan 
kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab 
chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda 
bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi.Hududlarda aholi 
bandligini taminlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida 
tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu 
muammoni hal qilinishiga yordam beradi.Aholini ijtimoiy himoya qilish va 

sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 


faolligini oshirish. CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda 
inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida 
ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda 
aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va 
milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.Ayni vaqtda zamon talabi, 
mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy 
himoyalash va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha 
yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo 
etmoqda. 
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab 
chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni 
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish ustuvor yo‘nalishlardan birn sifatida belgilandi.O‘tgan davr mobaynida 
O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy 
shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli 
harakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha katlamlarini har 
tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy 
etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni taminlamoqda.Bugungi 
kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga 
yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 
barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli 
darajada oshdi. Istemol tovarlari ishlab chiqarishni jadal suratlar bilan oshirish va 
aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning 
bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni 
taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda 
keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e- 
tibor qaratilmoqda.Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish 
borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy 
poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy 
tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, 
Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim 
muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi 

darajali ko‘p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi 


mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. 
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O‘zbekistonda 
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar 
jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan 
katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining 
kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining 
hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa 
qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan taminlash borasida katta ishlar 
amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot 
farovonligini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.SHu bilan birga «Republikamizda 
jadal suratlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muxandislik-kommunikatsiya 
infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob 
tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor-
Boysun-Qumqurgon temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarkand, Qarshi va 
Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi. 
Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro 
logistika markazi tashkil qilindi va O‘zbekiston milliy avtomagistrali barpo 
etildi»20. Erishilgan yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab-
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun 
munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini taminlashda muhim zaruriyatga 
aylanmokda 
va 
bu 
O‘zbekistonni 
yanada 
rivojlantirishning 
ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHularni hisobga olib, 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 
bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan: 
— aholi, eng avvalo, Yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar 
va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini 
imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda 
arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 
- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish, eng 
avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy 
texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza 
ichimlik suvi bilan taminlashni tubdan yaxshilash; 

odamlarning ekologik xavfsiz muxitda yashapshni taminlash, maishiy 
chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha 
zamonaviy obektlar bilan taminlash; 


aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish 


xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har 
tomonlama kulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni 
qurish hamda rekonstruksiya qilish; 

yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom etgirish, eng 
avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq 
avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy tamirlash; 

yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini 
modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator 
punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-
energiya resurslari bilan taminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan 
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni 
amalga oshirish; 

teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-marnfiy tashqilotlar va muzeylar 
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash. 
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi. 
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati mano- mazmunidan va uning 
dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi 
ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha 
yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning 
mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy 
tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining 
intellektual-manaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va 
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, marifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini 
taminlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, marifat hamda bilim berishni 
anglatadi; to‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat 
va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, 
ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, manaviy barkamol insonni tarbiyalashga, 
mamlakatda kudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. 
Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini 
taminlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda 
ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan. 
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi 
asosida taminlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: 
1. 
Maktabgacha ta’lim. 
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. 
2. 
Umumiy o‘rta ta’lim. 
6. Kadrlar malakasini oshirish va 

3. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar 


ularni qayta tayyorlash. ta’limi. 
4. 
Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim. 
SHuni alohida takidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim 
samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi - axborot 
resurslarnga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy- texnik bazasi, mavjud 
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi 
va uning ratsional rnvojlanishini belgilab beradi.Bugungi kunda ta’lim davlat 
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’lim va ilm-
fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag‘lar 
byudjet harajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga 
yo‘naltirilayotgan harajatlar xajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12 foizni 
tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. 
Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsagayotgan maktablarning 
deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va tamirlash ishlari amalga 
oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari 
bilan taminlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak etibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnik 
bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab 
olish ko‘rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta 
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 
jami 2,2 trillion sum mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.2016 yilda maktabgacha 
ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etgan, kelajakda uni 80 
foizga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, qarorda qishloq joylarda yangi 
maktabgacha ta’lim muassasalarini kurish, ularni zamonaviy talablarga javob 
beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimedia vositalari bilan 
taminlash nazarda tutilgan. 
Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim 
muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar. 
O‘zbekistonda keyingi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilindi va 
ularning umumiy soni - 112 ta, Bularning 13 tasi xorijiy oliy ta’lim 
muassasalarining filiallaridir21. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish borasida quyidagilar rejalashtirilgan: 

akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlash; 

o‘quv jarayonini tashkil etish; 

pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini 
izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning 
mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish. 


milliy kadrlarning raqobatdoshligini oshirish; 



Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish; 

o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga 
ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish 
masalasi ko‘rib chiqish. 

Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion 
yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali 
mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya 
markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 

fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish; 

jahonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari 
bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash; 

yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni 
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.Yoshlarga oid 
davlat siyosatini takomillashtirish. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
«Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band 
(4.5-band) kiritilgan. U ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi. Unda jismonan sog‘lom, 
ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qatiy hayotiy 
nuqtai nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini 
oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga 
joylapggirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, Yosh avlodning 
ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar 
va Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya 
va sportga keng jalb etish, Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, Yosh oilalar uchun 
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, Yoshlarga oid davlat 
siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati na boshqaruvi organlari, ta’lim 
muassasalari, Yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 
vazifalari belgilab berilgan.Malumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston 
Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi 
O‘RQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul 
qilingan«O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari 
to‘g‘risida»gi 429-XII-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish 
masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
ko‘rish uning boshqa bir jixatidir. SHu o‘rinda «Yoshlarga oid davlat siyosati» 
tushunchasi nimani anglatishiyi bilib olishimiz lozim. 

Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati:



  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. T. 1. - Toshkent: O’zbekiston, 2017.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O’zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson ma’nfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. - Toshkent: O’zbekiston, 2017.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O’zbekiston, 2017.

  5. Karimov I.A.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - Toshkent: O’zbekiston, 1996.

  6. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T. 12. - Toshkent: O’zbekiston, 2004.

  7. Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. - Toshkent: O’zbekiston, 2006.

  8. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

  9. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017.

  10. Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.

  11. Erkayev A. O’zbekiston yo’li. - Toshkent: Ma’naviyat, 2011.

  12. Mustaqil O’zbekiston tarixi. Mas’ul muharrirA.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013.

  13. Azizxo’jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. – Toshkent, 2001.

  14. Azizxo’jayevA.A. Chin o’zbek ishi. - Toshkent, 2003.

  15. Axmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. - Toshkent: Abu Ali ibn Sino nashriyoti, 2002.

Yüklə 38,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin