О‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning institusional asoslari


Korporativ boshqaruv kodeksi. Korporativ boshqaruvning global standartlari



Yüklə 42,17 Kb.
səhifə3/3
tarix19.06.2023
ölçüsü42,17 Kb.
#132451
1   2   3
10-mavzu

10.4 Korporativ boshqaruv kodeksi. Korporativ boshqaruvning global standartlari.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi Korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqlandi, Hujjat aksiyadorlik jamiyatlariga tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘lib, 42 ta banddan iborat. Unda belgilanishicha, aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqqa oid xususiyati va faoliyati turidan kelib chiqib, Kodeks tavsiyalarini joriy etish bо‘yicha ichki korporativ harakatlarni amalga oshirishi mumkin. ajlarga zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy qilinadi
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015 yil 24 aprel kuni «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-4720-son Farmon imzolandi.
Farmon bilan AJning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ma’qullandi hamda Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjatda belgilanishicha, faoliyat kо‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini tanqidiy о‘rganish natijalariga kо‘ra, 364 aksiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi lozim, deb topildi.
Prezidentning 31.03.2015 yildagi PQ-2327-sonli Qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasiga (keyingi о‘rinlarda – Komissiya) mazkur AJlarni qayta tashkil etish jarayonini 2015 yilning 1 oktabriga qadar tugatish ustidan qat’iy nazorat о‘rnatish topshirildi.
Komissiya davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini 3 oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qо‘llay bilishi bо‘yicha attestatsiyadan о‘tkazishi lozim. Attestatsiya yakunlari bо‘yicha bо‘shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralari kо‘riladi. 2015 yil 1 iyuldan AJ ijro organining rahbarini tayinlash tо‘g‘risidagi qaror tanlov asosida qabul qilinadi.
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga (VMning 20.08.2010 yildagi 181-son Qarori bilan tasdiqlangan) tegishli о‘zgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda.
Qabul qilingan Farmon bilan tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish taklifi ma’qullandi. Markaz zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni, boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlash vazifasi yuklandi.
Bundan tashqari, 2015 yilning 1 iyulidan AJ va boshqa xо‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» sо‘zidan foydalanish taqiqlandi.
2015–2018 yillarda barcha AJ yillik moliyaviy hisobotni nashr etishga va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni о‘tkazishga о‘tadi.
Farmon bilan aksiyadorlik jamiyatlari quyidagi tо‘lovlardan ozod qilinadi:
boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq tо‘lash fondidan YAIT tо‘lashdan;
xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, tо‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek, fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga tо‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan.
Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi
Xususiy mulkni qо‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yо‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu bois bu boradagi ishlarga alohida e’tibor qaratilib, tegishli huquqiy baza yaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan shu yil 24 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni ana shunday muhim hujjatlardan biridir
2016 yil 23 fevral kuni Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida Korporativ boshqaruv kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan, О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qо‘mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro konferensiya bо‘lib о‘tdi.
Mazkur konferensiyada:

  • respublika va xorijiy davlatlarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari;

  • jamiyatning boshqaruv organi, aksiyadorlar va jamiyatning mehnat jamoasi manfaatlari uyg‘unligiga erishgan holda, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan korporativ boshqaruv Kodeksining asosiy yо‘nalishlari va qoidalari;

  • korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlar va meyorlarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga joriy qilishni jadallashtirish bо‘yicha amaliy tavsiyalar va vazifalari tushuntirildi hamda muhokama qilindi.

Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMTning taraqqiyot Dasturi, О‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillari, Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi va “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining xalqaro ekspertlari hamda aksiyadorlik kompaniyalar va qо‘shma korxonalarning rahbarlari ishtirok etdilar.
Konferensiyada, biznes vakillari bilan ochiq muloqot uyushtirildi va unda aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish, aksiyadorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishga, ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish bо‘yicha qabul qilingan Qonunlar va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarining amaliyotdagi ijrosi hamda ushbu sohadagi dolzarb muammolar va masalalar muhokama qilindi.
Konferensiyaning yalpi yig‘ilishida Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi, “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining vakillari, vazirlik va idoralar, shuningdek qо‘shma korxonalarning rahbarlari sо‘zga chiqdilar.
Sо‘zga chiqqanlar о‘z ma’ruzalarida, global iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish asosida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash va mamlakatni kelajakda rivojlanishi uchun mustahkam iqtisodiy asosni yaratish bо‘yicha tub tarkibiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan muhim qarorlar ishlab chiqilib, qabul qilinganligini alohida ta’kidlab о‘tdilar.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-4720-sonli Farmoni, 2015–2019 yillarga mо‘ljallangan iqtisodiyotni tarkibiy о‘zgartirish va diversifikatsiyalash Dasturining muhim tarkibiy qismi bо‘lib, unda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan asosiy yо‘nalishlar belgilab berildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur Farmon talablari asosida Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan bо‘lib, unda korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy qilish, shu jumladan:

  • uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan о‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining kо‘lami, tarmoq xususiyatlari va yо‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;

  • aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini chop etish kо‘zda tutilgan.

Konferensiya ishtirokchilari ta’kidlaganlaridek, О‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarini tubdan о‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iiqtisodiy aloqalar va investitsiya jarayonlariga korporativ menejmentning xalqaro zamonaviy standartlarini joriy qilish, boshqaruvning eskicha uslublari о‘rniga yangi korporativ tashkilotlarni shakllantirish bо‘yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni va menejerlarni jalb qilish, ularni korporativ boshqaruv tizimi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2454-son qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalida xorijiy investorning ulushi 15 foizdan kam bо‘lmasligi belgilandi.
Konferensiya ishtirokchilari ma’ruzalar va chiqishlarni tinglab hamda muhokama qilib, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagi asosiy yо‘nalishlar va tavsiyalarni qayd etishdi:
Jamiyatning boshqaruv organlari, aksiyadorlari va mehnat jamoasi manfaatlari uyg‘unligiga erishish maqsadida, korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalarini qabul qilish;
moliyaviy barqarorlikni saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport kо‘rsatkichlarini oshirish, energiya samaradorligiga erishish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish orqali aksiya qiymatini oshishiga erishish kabi maqsadlarni aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlari sifatida belgilash;
kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish, biznes jarayonlar va loyihalarning jamiyatni rivojlantirish maqsadlariga mosligini tahlil qilish hamda aksiyadorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning qonuniy huquq va manfaalarini himoya qilishni asosiy maqsad qilib belgilashni nazarda tutuvchi samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish;
manfaatlar tо‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda, ular bо‘yicha nizolar kelib chiqishini oldini olish va baxsli holatlarni bartaraf etishdagi harakatlar tо‘g‘risida nizom ishlab chiqish;
munozarali holatlarni aniqlash va hal etish bо‘yicha kuzatuv kengashi qoshida jamiyatning boshqaruv oarganlari, xodimlari hamda jalb etilgan ekspertlardan iborat qо‘mita tashkil qilish;
aksiyadorlik jamiyatining audit va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida chop etishga о‘tish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati shaffofligini ta’minlash maqsadida axborot siyosati tо‘g‘risida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash;
xorijiy amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan о‘tgan boshqaruv uslublari, jumladan SWOT, GAP tahlili va boshqa turli yondashuvlar hamda maxsus dasturiy ta’minotlarni keng qо‘llash;
aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini о‘quv kurslari va seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ularning malkasini oshirish.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv Kodeksi, korporativ boshqaruvning eng ilg‘or xalqaro tajribalarini о‘zida jam etganligi va respublikadagi aksiyadorlik jamiyatlarida qо‘llash uchun moslashtirilganligi hamda о‘tkazilgan mazkur tadbir korporativ boshqaruv sohasidagi bilim va kо‘nikmalar darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi tо‘g‘risida yakdil fikrlar qayd etilgan.
Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bо‘yicha takliflar tizimi.

  • Korporativ boshqaruv – samaradorlikning muhim omili

  • Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-tamoyillari takomillashayotgani, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillari keng joriy etilayotgani milliy iqtisodiyotimizning salohiyatini tobora mustahkamlamoqda.

Bugun mamlakatimizdagi qariyb barcha yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan. Korporativ boshqaruv usullari joriy etilgan kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda. Ular milliy iqtisodiyotimizning istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega bо‘lib, ishlab chiqarish kо‘lamini kengaytirish, yangi ish о‘rinlari yaratish borasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishda muhim omil bо‘lmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini keng joriy etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirishda soha mutaxassislarining malaka va mahoratini yuksaltirish, bu borada xalqaro amaliyotni о‘rganish va tatbiq etish, о‘zaro tajriba almashish, professional boshqaruvchilarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakatimizda tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining alohida о‘rni bor. Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida mulkchilikning mazkur shakli ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida tashkil etilganini ta’kidladi. Korxonalarni korporativ boshqarish bо‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani о‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 yangi toifa kiritildi. Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan о‘tkazildi. Bо‘shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qо‘llay oladigan malakali yosh mutaxassislar tayinlandi. Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi xо‘jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik subyektlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Mazkur markazda magistratura va maxsus о‘quv kurslari tashkil etilgan. Ikki yillik magistratura yо‘nalishida xо‘jalik boshqaruvi organlari hamda tadbirkorlik subyektlarining 40 yoshgacha bо‘lgan, oliy ma’lumotli, kamida uch yil ish stajiga ega rahbar va mutaxassislari biznesni boshqarish mutaxassisligi bо‘yicha о‘qitilmoqda. Maxsus о‘quv kurslarida magistr darajasiga yoki diplomga ega direktor, menejer va boshqaruvchilar biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv bо‘yicha qayta tayyorlanib, malakasini oshirayotir. Markazda biznesni boshqarish va korporativ boshqaruvda xorijiy tajribani chuqur о‘rganish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini sinovdan о‘tkazish va joriy etish bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazish, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etishni ilmiy-uslubiy ta’minlash, ularning tashkiliy shakllarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlari boshqaruvchilari, kuzatuv kengashi va taftish komissiyalari a’zolari, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, monopoliyaga qarshi tartibga solish, brokerlik, baholash va rieltorlik tuzilmalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ham kо‘zda tutilgan. О‘tkazilayotgan turli xalqaro anjuman va uchrashuvlar malakali mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashish imkonini bermoqda.
Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bо‘yicha takliflar tizimi

Respublika miqiyosida

Hududiy darajada

Korxona darajasida

Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish;
Qonunlarga va meyoriy hujjatlarga kerakli aniqliklar va qо‘shimchalar kiritish;
Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud organlari bilan ishlash;
Korporativ boshqaruv sohasida ishlayotgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik;
Korporativ boshqaruv kodeksini amalga oshirish bо‘yicha maslahat firmalari bilan amaliy ishlash tartibini ishlab chiqish;
Respublika miqiyosida axborot-tashviqot ishlari.

Korporativ boshqaruv kodeksini hududlar darajasida amalga oshirish;
Qonunlarga va meyoriy hujjatlarga aniqliklar va qо‘shimchalar kiritish;
Hududiy darajada korporativ madaniyatni shakllantirish bо‘yicha axborot - tashviqot ishlari;
“Muvaffaqiyat namunasi” bо‘la oladigan asosiy (tayanch) korporatsiyalarni aniqlash va shakllantirish;
Hududiy о‘qituv muassasalari va maslahat firmalariga maslahatlar berish.

Korporativ boshqaruv kodeksini amaliyotda joriy qilish va doimiy monitoring yuritish;
Aksiyadorlar va investorlar korporativ madaniyatini shakllantirish;
“Muvaffaqiyat namunasi” bо‘lgan korporatsiyalar tajribasini turli tarmoq va sohalarga mansub korporatsiyalarda qо‘llash.

Agarda ushbu institutlar tomonidan berilgan takliflar amaliyotga joriy etilsa, kompaniyalarda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish uchun imkon yaratilgan bular edi.
Yüklə 42,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin