155
tegishli sahna kо‘rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid
hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar tо‘plashi, ular asosida kecha
ssenariysini tayyorlashi lozim.
“О‘zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qо‘shgan hissalari”,
“О‘zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari va kelajagi”
mavzulardagi mavzuli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan
hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qо‘shgan olimlarning ishlari bilan
yaqindan
tanishishi, kechani о‘tkazish rejasini tuzishi va ma’ruzalar mavzusini
tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog‘liq holda olimlarning chop
etgan
ilmiy ishlari, о‘quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning kо‘rgazmasi,
mustaqillik davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan
devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan
rivojiga qо‘shgan hissalari haqida ma’ruzalar tayyorlanishiga e’tiborni qaratishi
zarur.
Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar biologiyani о‘qitish
samaradorligini
oshirish, о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish
doirasini kengaytirish,
qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati,
о‘quv va amaliy mehnat kо‘nimalarini rivojlantirish, о‘quvchi
yoshlar ongi va
qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik
prinsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalashga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya о‘qitishning samaradorligi dars, darsdan va
sinfdan
tashqari ishlar, ekskursiyalarni uzviy ravishda, ular о‘rtasidagi mantiqiy
bog‘lanishlarni e’tiborga olgan holda tashkil etilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: