Bu metodlar guruhi
о‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr
yuritish
kо‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan
chiqishning eng maqbul
yо‘lini topishi, mо‘ljalni tо‘g‘ri olishiga zamin
tayyorlaydi.
Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muammoli-izlanish
xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar
yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi,
о‘kuvchilarning о‘qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, о‘quv
farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob
topishiga imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida,
о‘qituvchi yangi mavzuni
о‘rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, о‘quvchilar bilan
hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga,
о‘quv
farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi,
о‘quvchilarning javoblari
asosida muammolar hal etiladi.
Muammoli-amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi,
shu asosda tajribalar
о‘tkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan о‘quv
farazlarini hosil qilinadi va
о‘quv-tadqiqot tajribalari о‘tkazilib, о‘quv xulosalari
va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi.
Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi
nom bilan (“Tafakkur
bо‘roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar
tо‘qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), (“Aqliy hujum”
J.G‘.
Yо‘ldoshev) nomlash rasm bо‘ldi.
Muammoli metoddan foydalanilgan dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich
asosida tashkil etiladi:
Dostları ilə paylaş: