O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə32/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga 2022-yilda umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan. Taraqqiyot strategiyasi 7 ta asosiy yo‘nalishdan iborat. Birinchidan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasi xalqimizning yuksak ishonch va e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni saylovoldi dasturi, ya’ni “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari hamda Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqilgan. Ikkinchidan, Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan. Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat: birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; ikkinchi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash; to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; beshinchi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish; oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yYechim topish; yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish. To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan. Beshinchidan, Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha “yo‘l xaritalari” qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. “Yo‘l xaritasi” tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar, uni amalga oshirish mexanizmlari va shakli, muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilgan. Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida “ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish” belgilanmoqda. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish, “jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda tutilmoqda. Bunday bebaho boylikni avaylab-asrash hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini, mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida Taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilanmoqda. Yettinchidan, Taraqqiyot strategiyasining yana bir yangi ustuvor yo‘nalishi sifatida “umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yYechim topish” belgilanmoqda. Bugungi kunda insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch kelmoqda va ularga yYechim topish nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunday muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yYechimlarini topish zarurligini anglatadi. Shuning uchun ham Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish, “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish kabi maqsadlar belgilandi.
1. Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o’qitish nazariyasi. O’zaro ta’sir etishning turli shakllarini o’rganish asosida biror fanni o’qitish va o’rganish yo’llarini o’quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir etishning aniq tizimini o’qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o’quv dasturi va darsliklarda ochib beriluvchi ta’lim mazmunida o’z aksini topadi hamda ta’lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. O’quv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bog’langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi. Tarbiya tamoyillariga asoslanib esa, metodika o’quv fani maqsadi, uning ta’lim oluvchi shaxsini rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi.
Pedagog olim T.A. Ilinaning fikricha, didaktika turli ta’lim muassalarida xilma-xil o’quv fanlarini amalga oshiriladigan o’quv jarayonining umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Tabiiyki, har bir o’quv fani o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlariga ega, o’zining alohida metodlari va ta’limni tashkil etish shakllarini talab etadi. Mazkur masalalar bilan xususiy metodika, yoki alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi (tarix, matematika, pedagogika, psixologiya va boshqalar) shug’ullanadi.6
Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi – bu “Tarbiya” fanini o’qitishda nazariya va amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o’qituvchi va ta’lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta’lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida “Tarbiya” fanini o’qitish jarayonini tadqiq etadi. “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun butun e’tiborini ta’limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi doimiy ravishda pedagogika fanlarni o’qitishning qonuniyatlarini ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta’lim jarayonini boshqarish yo’llarini izlab topadi. “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi predmetini bunday tushunishdan kelib chiqib aytish mumkinki, u boshqa fanlarni o’qitish metodikasidan farqli ravishda ikki – umumiy va xususiy qismdan tashkil topadi.
Umumiy qismda “Tarbiya” fanini o’qitishning metodologik va umumnazariy masalalariga e’tibor qaratiladi. Ular pedagogika kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda bir xil darajadagi ahamiyatga ega. Ikkinchi bo’limda ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini o’qitish jarayoni, mazmuni, shakl va metodlariga alohida urg’u beriladi.
Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi o’quv fani sifatida «Ta’lim to’g’risidagi»gi Qonun asosida tubdan yangilandi. Ana shu asosdan kelib chiqib, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
O’qitish jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonla-ma rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish.
Har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirishning markazida o’qituvchi turadi. SHuning uchun bo’la-jak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish – metodika-ning muhim vazifasidir.
Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi fani bo’lajak o’kituvchi-larga o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlarini yangi sifat daraja-siga, kasbga yo’naltira olishlariga, g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyani yuksak darajasiga erishish yo’llarini ko’rsatib berishi zarur.
Talabalarni ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tash-kil etishga oid ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani pedagogni ta’limning shakl, metod va vositalarini tanlab olish va tizimlashtirishga o’rgatadi.
Pedagogik ta’lim muassasalari bo’lajak o’kituvchilarda kasbiy-pedagogik yo’nalganlikni shakllantirish uchun katta ijobiy tajribaga ega. Bunda pedagogik fanlarni o’ziga xos o’rni bor. To’plangan tajribalarni jamlash, tizimlashtirish, kelajakda qo’llash uchun tavsiyalar berish ham pedagogik fanlarni o’qitishning vazifalaridan biridir.
Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi pedagogik ta’sir etishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun pedagogik psixologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, mantiq, kibernetika(ayniqsa, dasturlashgan ta’lim elementlarini ishlab chiqishda) ma’lumotlariga tayanadi.
Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi fani oldiga o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o’quv faoliyatida o’quvchilarning o’quv faoliyati mustaqilligi va ijodiy faolligini shakllantirish yo’llarini aniqlash, tajriba-sinov ishlarining rolini oshirish kabi masalalarni ko’ndalang qo’ydi. Umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi fanini oldida turgan dolzarb muammolardan biri ma’lumotlarni o’quvchilarning ustiga «yuk» bo’lib tushishini bartaraf etish. Ta’limning yangi texnologiyalari-ning rivojlanishi, ta’limni kompyuterlashtirishni amalga oshirish EHM qo’llash bilan bog’liq o’quv dasturlari, dasturlash tillarini ishlab chiqish-ni, pedagogik fanlarni o’qitishda kompyuterning o’rni va o’qituvchining rolini aniqlashni shart qilib qo’ydi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin