Dastur muallifi:
| |
N.X.Voxidova – “Pedagogika” kafedrasi professori v.b.
| |
E-mail:
|
pedagogn@gmail.ru
|
Tashkilot:
|
Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi
|
“Pedagogika va psixologiya” fakul’teti dekani: ___________G.N.Ibragimova
(imzo)
2022-yil “_____”______________
“Pedagogika” kafedrasi mudiri: ______________ F.O.Mirzayeva
(imzo)
2022-yil “_____”______________
“Pedagogika” kafedrasi professor v/b: ______________ N.X.Voxidova
(imzo)
O’TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALLARI
1- mavzu:
“Milliy tarbiya asoslari” fan sifatida
Mavzu rejasi:
1.“Milliy tarbiya asoslari” fanining maqsad va vazifalari.
2.“Milliy tarbiya ijtimoiy tarixiy, qonuniy va ob’ektiv jarayon sifatida.
3.“Milliy tarbiya asoslari” fanining ilmiy tadqiqot metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy.
Dostları ilə paylaş: |