85
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning
muqobil shakllari hududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib,
o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish
maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari
dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori
rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga
yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi
quyidagi asosiy omillar
bilan belgilanadi:
katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida
shakllanadi;
maktabgacha ta’limga sarf-harajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil
etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarni
ta’minlashni ko‘zda tutadi:
zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni
vujudga keltirish;
6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga
bir yillik
tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga
ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-
ehtiyojlarini qondirishi kerak;
6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik
tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim
sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va
yozish malakalari; bilish
jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un
rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan;
maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.
Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:
istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo‘lishini
ta’minlashga;
amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishga;
86
oila va jamoalar bilan hamkorlik;
ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat
va ustuvorliklarni e’tiborga olish;
qulay, do‘stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi
tamoyillarga asoslangan:
bolaga yo‘naltirilgan ta’limga yondashuvi;
inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish;
bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim
muhitining xususiyatlarini
belgilash;
maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o‘yin asosida ta’lim berish;
bola – ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
rejalashtirish va baholash samaradorligi;
bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni hamkorlik asosida jalb etish;
interfaol ta’lim;
integrativ o‘qitish.
Dostları ilə paylaş: