43
Pedagogik kreativlik:
bu– pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish, amalga
oshirishdagi muhim sifat bo‘lib, u o‘qituvchining bilish faoligi, nostandart tafakkur tarzi,
mustaqil-
ligi va kasbiy mahorati sifatida namoyon bo‘ladi.
Aytib o‘tilganidek, barcha shaxslarda bo‘lgani kabi pedagoglarda ham kreativlik sifatlari
o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik
sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo‘llari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan
ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to‘rtta
yo‘li ko‘rsatilgan:
1-yo‘l: kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib, talabalar fe’llar yordamida
kreativ
xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ
fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi
savollar tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa,
talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab bering” mazmunidagi
nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta’riflab bering”
tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting” deyish bilan teng.
Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish
ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni
shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra pedagoglar turli, antiqa, noan’anaviy hamda puxta javobni
berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “
bog‘liqlikni
toping”
, “
yarating”, “bashorat qiling”
, “
fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling”
kabi so‘z
(fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.
Pedagoglar birinchi yo‘lni qo‘llash – talabalarda kreativlik ko‘nikmasini
shakllantirishda
yosh o‘qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
2-yo‘l: amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Pedagoglar talabalarda kreativ
harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan
foydalanadi. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin,
biroq, talabalarga interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo‘l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish.
Mazkur yo‘l talabalarni muammoni
yechish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi.
Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi.
Topshiriqni bajarar ekan, talabalar mavzuga bog‘liq muammolarni tahlil qiladi.
Natijada ushbu
jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro‘y beradi.
4-yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish.
Bu yo‘lni tutishda pedagog
talabalarga “Pedagogik kreativlik” mavzusida Power Point dasturi yoki multimediya yordamida
taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda
kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi.
Talabalar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari
mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa,
fikrni
noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Talabalarda
kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish
mumkin.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o‘rganayotgan mavzuning mazmuni, o‘quv
axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash
boshlashadi (Anderson et al., 2000). M: talabalar “Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Aqliy
44
hujum” strategiyasi asosida o‘rganish
jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni
qanday qo‘llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
Muayyan omillar talabalarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik
qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o‘qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor
qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:
1) o‘zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo‘lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash.
Talabalarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun
avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur.
Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik
sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi.
Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, talabalar
ham shunday bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: