111
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini
taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini
muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar.
Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini
taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda
muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
3-Amaliy mashgulot
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonuni”
“Aqliy hujum” metodidan foydalanish o‘rganish.
Metodning maqsadi: biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va
mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining
yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim
oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda
bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz
kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida)
yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida
javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va
ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan
foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim
oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini
faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy
va tizimli fikr yuritish
ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga
olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy
hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod
darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda -
yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda - mavzudan so‘ng,
darsning
mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
Bildirilgan fikr - g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
112
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va
mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
-ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
-ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki
doskaga) to‘planadi;
-fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
-yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: